Akademiyada “Amir Temur: tarixi, saboqlari va hozirgi zamon” mavzusida anjuman o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Amir Temur: tarixi, saboqlari va hozirgi zamon” mavzusida anjuman o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbek milliy drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Jumaboy Rahimov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Akbar Zamonov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xodimlari, Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
— Bugungi tadbir, Buyuk sarkarda bobokalonimizning hayoti, harbiy-siyosiy faoliyati, jangovar san’ati, vatanparvarlik, xalqparvarlik, mardlik va jasorat fazilatlari kursantlarda yanada shijoatli havas va hayrat uyg‘otdi deydi — Akademiya katta o‘qituvchisi Farhodjon Xojaev — Albatta Akademiya kursantlari ham Sohibqiron Amir Temur bobomizga munosib avlod bo‘lishga, mard, jasur, yurtni chin dildan suyadigan inson bo‘lishga, g‘urur va iftixorga undaydigan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlardan biri bo‘ldi.
Tadbir davomida Akademiya kursantlari tomonidan o‘zbek, rus, ingliz tillarida Buyuk sarkarda bobomiz ijodlaridan keltirilgan namunalar, ayniqsa, usha davrni aks ettiruvchi liboslardagi badiiy sahnalashtirilgan spektakl namoyishi tadbir qatnashchilarida iliq taassurotlar qoldirdi.
Tadbir yakunida, mazmunli, sermulohazali, bahs-munoazarlarga boy hamda yanada ko‘proq mutoalaa qilishga undaydigan taqdimot ma’ruzalari faol qatnashgan mehmonlarga Akademiya rahbariyatining tashakkurnoma va faxriy yorliqlari topshirildi.