Dumaloq raqs va teatr tomoshalari
D umaloq raqs va teatr tomoshalari — Xitoy udumlari
Toshkent davlat Sharqshunoslik unversiteti qoshidagi akademik litseyda Xitoy haftaligi tashkil qilindi. Ushbu tadbir 2-kurslar orasida bo‘lib o‘tdi. Bunda Xitoy xalq respublikasining urf-odati, tili, madaniyatini ko‘rsatib berishdi. Shu ikki kun mobaynida Xitoy haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Bu tadbirda choy quyish marosimi, xitoy tilida ma’lumotlar keltirib o‘tishdi. Aytilishicha, jahonda xitoy so‘zlashuvchilarining soni 1,3 milliard kishidan oshgan. Xitoy tili xitoy-tibet tillari oilasiga kiradi.
Xitoy tili Indoneziya, Kombadja, Laos, Vetnam, Malayziya, Tailand, Singapur, Yaponiya, Koreya va dunyoning boshqa joylariga keng tarqalgan. Yana bir ma’lumotni keltirish lozimki, BMTning ishchi tillaridan biri hisoblanadi. Ularning nishonlaydigan bayramlari orasida Yangi yil juda keng nishonlanadi. Bu bayram bir oyga yaqin davom etadi. Raqslar, dumaloq raqslar, teatr tomoshalari tashkil qilinadi.
Shuningdek, ular juda mehmondo‘st xalq hisoblanadi. Yana tadbir davomida Pekin operasi ham bo‘ldi. Avvalo, bunda yuzlariga taqish uchun maxsus niqoblar yasashdi va eng chiroyli yasagan ishtirokchini mukofot bilan taqdirlashdi. Bu Xitoy xalqining milliy tadbirlaridan biri bo‘ladi. Pekin operasi XIX asr o‘rtalariga kelib rivojlangan. Bu musiqa, vokal, mimika va akrobatik opera hisoblanadi. Bu opera ancha yillar oldin Ping operasi deb atalgan. Bu tadbirda ishtirok etgan 2-kurs o‘quvchisi Sevinchbonu bilan suhbatlashganimda, unga choy quyish marosimi yoqqanligini aytdib o‘tdi. Yana uni o‘ziga jalb etgan tomoni kiyimlari va urf-odatlari bo‘lgan. O‘sha qizning bu tadbirdan so‘ng xitoyliklarga qiziqishi yanada ortdi. Odatda choy quyish marosimi Xitoyda tashkil qilinadi. Xitoy xalqida choy qadrli va hayotida alohida o‘rin egallaydi. Xitoyliklar yozda ham choyni ko‘proq maqullaydi. Choy mil.avv. I asrda keng tarqagan bo‘lib, u bozorlarda sotilardi. Shunday qilib, 618-907-yillarda Xitoy choy marosimi rivojlana boshlangan va o‘shandan buyon Xitoyning choy an’analari tasvirlana boshlangan.
Komila ALLANAZAROVA
UzJoku 1-kurs talabasi