Hayot bebaho ne’mat
TDTU Mashinasozlik fakultetida O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi bilan hamkorlikda onalayn ZOOM platformasi orqali “Hayot bebaho ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Ma’mura Zoxidova, Anvar Botir va professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni kirish so‘zi bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor M.U.Atamuratov boshlab berdi. Domla o‘z nutqida “Haqiqatdan ham inson uchun berilgan ne’matlar ichida eng qiymatlisi bu hayot ne’matidir.Chunki bu dunyoda uning badali yo‘q. Usiz na sog‘ligingizni na shodligingizni va na boyligingizni his etasiz. Qisqa qilib aytganda bu hayotdan bir kun bo‘lsa ham sizga berilgan ekan dunyo orzu havaslari tomon intilasiz. Oldingizga maqsad va vazifalar qoyib yashaysiz. Hayot bo‘lmasa bularning bari sariq chaqaga ham qimmatdir”, - degan fikrlarni ta’kidladi.
Keyin hurmat bilan so‘z navbati O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Ma’mura Zoxidova, Anvar Botirlarga berildi. Ma’mura Zohidova: “Siz o‘zingizga atalgan umr yo‘lini bosib o‘tar ekansiz, unda har xil vaziyatlarga tushasiz, gohida quvonchli, gohida alamli, kunlarni o‘tkazasiz. Ba’zida judayam murakkab, og‘ir kunlar bo‘ladiki, unga mardonavor boqib, munosib yengib o‘tish kerak bo‘ladi. Nailoj...Xayot shunday! Gohida shirin, gohida achchiq qismatga ega. Xayot shunisi bilan zavqli. Dunyoga kelgan har bir insonning umri vakt ko‘rinishida to‘xtovsiz o‘tib boradi. Dunyo xayoti bir kundek bo‘lib o‘tib boradi. Chunki kechagi kun o‘tib ketgan kun, ertangi kun esa xali kelmagan. Inson amal kiladigan asosiy kun esa bugunidir. Xikmatli she’rda bu xakda shunday deyilgan:
O‘tmish o‘tib ketdi kelajak orzu,
Shu turgan oningga kilaver ruju.
O‘tayotgan har bir laxza inson hayoti va umrining bir qismidir. Donishmandlar o‘tayotgan vaqt xaqida shunday deganlar: “Baqt betaraf bo‘lmaydi, yo senga qadrdon do‘st yoki ashaddiy raqib bo‘ladi”. Ya’ni o‘tgan vaqt insonning yo foydasi, yo zarariga xujjat bo‘ladi. Umrni qadr-qimmat va nafislikda hech narsa ila o‘lchab bo‘lmaydi”,- deb fikriga yakun yasadi. Shuningdek, Anvar Botir hayotning bebaholigi haqida gapirar ekan: “Vaqt eng mukammal ne’matdir. Unda hech qanday ayb yo‘q. Vaqt hech ortga qaytmaydigan daqiqalardan iborat. Misoli sharqirab shovullab oqayotgan toshqin daryo kabidur.Uni qo‘ldan boy bergan odam o‘zidan ko‘rsin, deb aytib o‘tgan buyuklarimiz deb, ta’kidlab o‘tdi. Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir, talaba yoshlarga vaqtdan unumli foydalanish xaqida ibratli xikoyalardan namunalar keltirildi. Shunday ekan ey azizlar, sog‘lik, vaqt, aql, bularning hammasi boylik. Bularning barchasi baxtli bo‘laman degan kishilarga baxt va saodatning kalitidir. Vaqt qilichga o‘xshaydi-agar sen uni kesmasang u seni kesadi”, deb ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so‘ngida talaba yoshlar ham hayotning bebaho ekanligini o‘zida mujassam etgan hikmatli so‘zlar, maqollar aytishdi va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javob berildi. Dekan muovini B.Ibragimov barcha ishtirokchilarga minnatdochilik bildirib tadbirni yakunladi.
G. Nusratova, O‘z JOKU talabasi