KATTA BAYRAM!

4-sentabr kuni mamlakatimizda “Bilimlar kuni” keng nishonlandi. Yurtimizning barcha o‘quv dargohlarida bo‘lganidek, Toshkent shahridagi MEI milliy tadqiqot universitetida ham professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN” shiori ostida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Ushbu tantanali yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar oliy ta’lim muassasisi o‘quv auditoriyalariga ilk bor tashrif buyurgan birinchi kurs talabalarini hamda yuqori kurs talabalarini yangi o‘quv yili bilan muborakbod ettilar. Oliy o‘quv yurtining talabalari nomidan so‘zga chiqqan talaba yigit-qizlar talabalar uchun yaritilgan imkoniyatlar uchun MEI rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etdilar.
Tadbir so‘ngida talabalar “Mustaqillik darslari”ga taklif etildilar.