Kimyo sanoati rivoji yo‘lida
Kimyo sanoati rivoji yo‘lida
Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish va ilm-fan oʻrtasida integratsiyani rivojlantirish masalasiga doim alohida eʼtibor qaratadi. Shu maqsadda poytaxtimizning Ulugʻbek shaharchasida ilmiy kimyo klasterini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Mazkur ilmiy klaster Toshkent kimyo texnologiy ailmiy-tadqiqot instituti hamda Chirchiq shahridagi ishlab chiqarish laboratoriyalarini oʻz ichiga oladi.
Toshkent kimyo texnologi institutini soha talablari asosida namunali qilish, institutni zamonaviy standartga keltirish, mutaxassis tayyorlashda yangi texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Ustuvor vazifalarni amalga oshirishda yurtimizdagi eng nufuzli, “gigant” tashkilotlar boʻlgan “Oʻzkimyosanoat” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJlari mas’ul etib belgilandi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJlari bilan hamkorlik ishlari boshlab yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishda hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi boʻyichaToshkent kimyo texnologiya institutiga xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda muhandis va texnologlar tayyorlashni kengaytirish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorligini amalga oshirish yuzasidan topshiriq berildi.
Soʻnggi yillarda sohada yaratilgan poydevor kimyo sanoati salohiyatini yaqin uch-besh yil davomida barqaror oʻsish dinamikasini taʼminlay oladi. Biroq, kimyo sanoatining barcha yoʻnalishlarini uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga mustahkam zamin yaratish uchun sohani transformatsiya qilish jarayonlarini, eng ilgʻor xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda jadallashtirish zarurligini taqozo etmoqda.
Qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatining samaradorligi tizimli ravishda tahlil qilib borilmayapti. Oʻz navbatida, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarida narxlarni shakllantirish, qurilish ishlarini tashkil qilish, texnik va mualliflik nazoratini olib borish, qurilish ishlari sifatini taʼminlash va obyektlarni foydalanishga topshirishda quyidagi masalalar dolzarbligicha qolmoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan yaqindan hamkorlikni amalga oshiradi: “Ijod-Ijod” XK (ilgari Art gloss galeri), “Bekobodsement” AJ, “Ohangaronsement” AJ, “Kvars” AJ, “Tashkent Kafel” XK, “Nodirkafellar” XK, “Asl oyna” AJ, “Surxon chinni” AJ, “Toshkent chinni” AJ korxonalari.
Ushbu korxonalar bilan innovatsion ilmiy - ishlab chiqarish guruhlari tuzilgan va korxonada mavjud boʻlgan texnologik muammolar yechishda ilmiy hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatli, jahon standartlariga mos keladigan, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar qilib tayyorlash ishlab chiqarish korxonalarining oldiga qo’ygan eng muhim vazifalaridan biridir. Bunda yetishib chiqayotgan kadrlar “sifati”, tajribasi muhim ahamiyatga ega. Kadrlar o’z sohasi bo’yicha bilimli, ilmga chanqoq va albatta chet tillarini bilishi, bu orqali chet el tajribasini o’zimizga tatbiq qilishi hozirgi kunda eng asosiy sabablardan biridir. Toshkent kimyo-texnologiya instituti sifatli, raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha 130 ga yaqin xorijiy OTM lari, 20 ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan hamkorliklarni yo’lga qo’ygan. Ushbu tashkilotlar bilan birgalikda seminarlar, onlayn-oflayn uchrashuvlar, xalqaro kongress, forum va konferensiyalar o’tkazib kelmoqda.
Konferensiya haqida umumiy ma’lumot
Toshkent kimyo-texnologiya institute Xalqaro tashkilotlar bilan o‘tkazilayotgan navbatdagi hamkorlik, instituti tarixida ilk bor keng masshtabdagi va ko‘plab xorijiy mehmonlar tashrif buyurayotganligi bilan yodda qolmoqda. 26-29-may kunlari “Barqaror rivojlanishda fundamental fanlar Xalqaro yili” (YUNESKO) doirasida “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy-texnikaviy haftaligi boʻlib oʻtadi. Haftalik doirasida
— “Shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” xalqaro konferensiyasi;
— “Yosh kimyogarlar tanlovi” respublika kimyo olimpiadasi;
— “Yosh olimlar” xalqaro forumi;
— Kimyogar olimlar ishtirokida seminarlar, Master klasslar boʻlib oʻtadi.
Ilmiy haftalikka 50 ga yaqin xalqaro mehmonlar tashrif buyurishdi. 26-may kuni Ilmiy haftalik doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Uzkimyosanoat” AJ, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro shisha yili” doirasida “Shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” xalqaro konferensiyasi start oldi.
2021-yil 18-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi BMTning 75/279-sonli rezolyutsiyasini qabul qilib, 2022-yilni “Xalqaro shisha yili” deb eʼlon qilib, “jamiyatimizdagi oynaning rolini yoritish” va shisha kabi texnologiyalar qanday hissa qoʻshishini koʻrsatishi mumkin.
Shisha boʻyicha xalqaro komissiya (ICG), Shisha assotsiatsiyalari hamjamiyati (CGA) va ICOM-Glass 2022-yilni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro shisha yili sifatida uning ilmiy, iqtisodiy va madaniy rolini taʼkidlash va bir necha yubileylarni nishonlash uchun ilgari surdi.
Bugungi “Shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi BMT tomonidan eʼlon qilingan va IYOG-2022 xalqaro tadbirlar roʻyxatiga kiritilgan IYOG-2022 xalqaro shisha yili doirasida tashkil etilmoqda.
Xalqaro konferensiyaga 500 ga yaqin ilmiy maqola va ishlanmalar kelib tushdi. Xalqaro eksportlar guruhi tomonidan 450 ga yaqin maqolalar tanlab olinib, chop etildi. Konferensiyaga AQSh, Italiya, Ispaniya, Polsha, Armaniston, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston, Qirg’iziston kabi 30 dan xorijiy davlatdan ilmiy maqolalar kelib tushdi. Bugun o’tkazilayotgan konferensiyada Birlashgan millatlar tashkiloti vakillari, 50 ga yaqin xorijiy mehmonlar jumladan Rossiya, Belorussiya, Italiyadan tashrif buyurgan professorlar, ishlab chiqarish vakillari bevosita ishtirok etishdi. Bundan tashqari Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etilgan Kuzatuv kengashi a’zolari, hamkor tashkilot vakillari, ishlab chiqarish vakillari bevosita va onlayn tarzda ishtirok etishmoqda.
Konferensiya davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedralari tomonidan eng so’nggi ilmiy ishlanmalar namoyishi-ko’rgazmasi, Toshkent chinni zavodi, Glass expo, Kvars kabi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ko’rgazmalar tashkil etildi.
Xalqaro ilmiy-texnik anjumandan koʻzlangan maqsad silikat materiallari – shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini muhokama qilish, jahon hamjamiyatini Oʻzbekiston shisha sanoati yutuqlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Anjumandan koʻzlangan maqsad ilmiy faoliyatda erishilayotgan salmoqli natijalarni respublika va xorijda ommalashtirish, shisha, kulolchilik va bogʻlovchi moddalar sanoatini yanada rivojlantirishdan iborat. Xalqaro konferensiya jahon va Markaziy Osiyo mamlakatlarida silikat materiallari – shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy ahamiyatli ishlarni hamda sanoatning rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish imkonini beradi.
Xalqaro konferensiya 27-may kuni ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi
2022-yil – “Xalqaro shisha yili”
Odamlar ming yillar davomida shishadan foydalanganlar. Bugungi kunda shisha hayotimizning muhim qismidir: Biz shishadan avtomobillar va samolyotlar, uylar va haykallar qurish uchun foydalanamiz; biz internet kabellarimizdagi optik tolalar yordamida yorugʻlik tezligida muloqot qilish uchun foydalanamiz; Biz shishadan mikroskopik linzalar bilan koʻproq koʻrish va izolyatsiya bilan energiyani tejash uchun foydalanamiz.
Shisha ishlab chiqarish energiya isteʼmoli va emissiyasini hisobga olgan holda oʻnlab yillar va asrlar davomida erishilgan yutuqlarga va qum kabi resurslardan barqaror foydalanish zarurligiga yaxshi misoldir.
Har yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti bir yil davomida diqqat markazida boʻladigan bir nechta mavzularni tanlaydi. 2022 yilda bu mavzu – Shisha. Shishadagi diqqat anʼanaviy mahsulot barqaror rivojlanishning bir qismi boʻlishi mumkinligini taʼkidlash uchun moʻljallangan.
Bu tashabbus 2018-yilda boshlangan. Qoʻllab-quvvatlash 5 qitʼadagi 78 ta davlatdagi 1500 ta universitet va tadqiqot markazlari, jamiyat va assotsiatsiyalar, muzeylar, rassomlar, oʻqituvchilar, ishlab chiqaruvchilar va kompaniyalardan kelgan. Pandemiya sabab boʻlgan uzilishlar boʻyicha muvaffaqiyatli muzokaralar olib borgach, bizning albitsiyalarimiz belgilab berilgan Rezolyutsiya loyihasi aprel oyida BMTning bir qancha davlatlari missiyalari bilan muzokaralar olib borildi va 11-may kuni ovozsiz jarayondan oʻtdi. Rasmiy rezolyutsiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 2021-yil 18-mayda qabul qilingan.
2021-yil 18-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi BMTning 75/279-sonli rezolyutsiyasini qabul qilib, 2022-yilni “Xalqaro shisha yili” deb eʼlon qilib, “jamiyatimizdagi oynaning rolini yoritish” va shisha kabi texnologiyalar qanday hissa qoʻshishini koʻrsatishi mumkin.
Shisha boʻyicha xalqaro komissiya (ICG), Shisha assotsiatsiyalari hamjamiyati (CGA) va ICOM-Glass 2022 yilni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro shisha yili sifatida uning ilmiy, iqtisodiy va madaniy rolini taʼkidlash va bir necha yubileylarni nishonlash uchun ilgari surdi. Shisha koʻplab muhim texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi, barqarorlikni va yashil dunyoni osonlashtiradi va hayotimizni boyitadi, lekin koʻpincha eʼtiborga olinmaydi.
Shisha boʻyicha xalqaro komissiya (ICG), Shisha assotsiatsiyalari hamjamiyati (CGA) va ICOM-Glass bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro shisha yili (IYoG2022) boʻyicha qarashlarini belgilab berdi. Vizyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 kun tartibidagi maqsadlaridan keyin ushbu oʻzgartiruvchi materialning oʻtmishi, hozirgi va kelajagini nishonlashdir.
2022-yil 10-11-fevral kunlari Jenevadagi Millatlar saroyida boshlangan Xalqaro shisha yili shishaning jamiyatdagi muhim rolini taʼkidlashga bagʻishlandi. Dunyoda 70 dan ortiq konferensiya va koʻrgazmalar oʻtkazish rejalashtirilgan, xususan, Shanxayda Xalqaro yuqori texnologiyali sanoat kongressi — 2022 yil aprel, 2022 yil 28-30 aprel kunlari Glass Art Immersion — Glass Art Workshops &Classes (AQSh), 2022 yil iyul oyida Berlinda ICG xalqaro kongressi (DGGning 100 yilligini nishonlash), yil davomida sanʼat galereyalari va muzeylarda xalqaro shisha koʻrgazmalari va 2022 yil dekabr oyida esa Yaponiyadagi Yakuniy Kongress boʻlib oʻtadi.
Barqaror rivojlanishda fundamental fanlar Xalqaro yili” (YUNESKO) doirasida “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy-texnikaviy haftaligi doirasida 26-may kuni boʻlib oʻtadigan “Shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi BMT tomonidan eʼlon qilingan va IYOG-2022 xalqaro tadbirlar roʻyxatiga kiritilgan IYOG-2022 xalqaro shisha yili doirasida tashkil etilmoqda. Ilmiy-texnikaviy haftalikka 30 ga yaqin xalqaro mehmonlar tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.
Xalqaro ilmiy-texnik anjumandan koʻzlangan maqsad silikat materiallari – shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini muhokama qilish, jahon hamjamiyatini Oʻzbekiston shisha sanoati yutuqlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Anjumandan koʻzlangan maqsad ilmiy faoliyatda erishilayotgan salmoqli natijalarni respublika va xorijda ommalashtirish, shisha, kulolchilik va bogʻlovchi moddalar sanoatini yanada rivojlantirishdan iborat. Xalqaro konferensiya jahon va Markaziy Osiyo mamlakatlarida silikat materiallari – shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy ahamiyatli ishlarni hamda sanoatning rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish imkonini beradi.
Konferensiya doirasida AQSh, Italiya, Ispaniya, Polsha, Armaniston, Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston, Ukraina, Oʻzbekiston kabi davlatlardan yetakchi mutaxassis va olimlar tomonidan mahorat darslari tashkil etiladi.
“Yosh kimyogarlar tanlovi-2022” – Respublika kimyo olimpiadasi.
O’tkaziladigan sana – 2022-yil 27-may
Vaqti: 9:00
Manzil: D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali
26-29-may kunlari “Barqaror rivojlanishda fundamental fanlar Xalqaro yili” (YUNESKO) doirasida “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy-texnikaviy haftaligi boʻlib oʻtadi. Haftalik doirasida “Yosh kimyogarlar tanlovi” respublika kimyo olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda.
“Yosh kimyogarlar tanlovi” Respublika kimyo olimpiadasi “Uzkimyosanoat” AJ, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Olimpiadada respublikamizdagi umumta’lim maktablarida ta’lim oluvchi jami 100 nafar 9,10,11 sinf o’quvchilari ishtirok etishmoqda.
Ular har bir viloyatlardan 2 bosqichda saralanib, respublika bosqichida ishtirok etishmoqda.
“Yosh kimyogarlar tanlovi”– iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish, taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm–fan natijadorligini oshirish maqsadida oʻtkazilmoqda.
“Yosh kimyogarlar tanlovi” yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida oʻtkazildi.
“Yosh kimyogarlar tanlovi” 2 turda amalga oshiriladi:
birinchi tur — test topshiriqlari (40 ta test, 80 minut, 50-ball),
ikkinchi tur nazariy masalalar (5 ta masala, Noorganik kimyo, analitik kimyo va organik kimyo qismlaridan, 180 minut vaqt beriladi, 150 ball)
“Yosh kimyogarlar tanlovi” nazorat materiallari oʻquvchilarning bilim, koʻnikmalarini standart va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qoʻllay olish malakalarini va kompetensiyalarini baholashga qaratiladi.
Hakamlar hayʼati tarkibiga Toshkent kimyo texnologiya instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti va Oʻzbekiston Milliy universitetining yuqori malakali mutaxassislari jalb qilindi.
“Yosh kimyogarlar tanlovi” gʻoliblari quyidagicha
I oʻrin zamonaviy Noutbuk
II oʻrin planshet
III oʻrin smartfon rag’batlantiriladi.
Bundan tashqari Yosh kimyogarlartanlovda qoʻyidagicha nominatsiyalar boʻyicha
– 1 nafar Nazariy masalani eng yaxshi va qisqa usullarda yechimini taqdim etgan oʻquvchi;
– 1 nafar Eng yaxshi test natijasi taqdim etgan oʻquvchilar taqdirlanadi.
“Yosh olimlar” xalqaro forumi
O’tkaziladigan sana – 2022-yil 28-29 may
Vaqti: 9:00
Manzil: Bo’stonliq tumani, “Shafran” sanatoriy majmuasida
26-29-may kunlari “Barqaror rivojlanishda fundamental fanlar Xalqaro yili” (YUNESKO) doirasida “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy-texnikaviy haftaligi boʻlib oʻtadi. Haftalik doirasida institut tarixida ilk marotaba, tog’ yon bag’irida 28-29 may kunlari “Yosh olimlar” xalqaro forumi o’tkazilmoqda. Forum doirasida Kimyogar olimlar ishtirokida seminarlar, Master klasslar , ilmiy konferensiya bo’lib o’tadi .
Ilmiy-amaliy konferensiyada talabalar, mahalliy yosh olimlar, assistentlar, doktorantlar ishtirok etishmoqda. 20 ga yaqin xorijiy yosh olimlar ham o’z ma’ruzalari bilan ushbu xalqaro forumda ishtirok etishmoqda.
Bu kabi ilmiy amaliy konferensiyalarning o’tkazilishi kimyo, neftni qayta ishlash, biokimyo, oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati, chinni-fayans, mebel, yogʻochga ishlov berish, yogʻ-moy, un, konserva, goʻsht-sut sanoati, birja, standartlashtirish va boshqa sohalar uchun tayyorlanadigan malakali, bilimli mutaxassislar ni yetishtirishga zamin yaratadi.
Forumning ilmiy faoliyatning asosiy yoʻnalishlari: energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalar, qurilish, pardozlash va bezak materiallari, kompozit va konstruktiv materiallar, termoplastik polimerlar asosidagi yogʻoch-plastmassa texnologiyasi, DSP texnologiyasi, MDF texnologiyasi, tibbiyot uchun materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi. va sogʻliqni saqlash, elektronika uchun materiallar, neft kimyosi va neftni qayta ishlash, mineral oʻgʻitlar, biotexnologiya, vinochilik, alkogol texnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash texnologiyasi, goʻsht texnologiyasi — sut va oʻsimlik moylari, noyob va dispers metallar, kimyoviy texnologiyada kibernetika usullari, polimerlar kimyosi va texnologiyasi , plastmassa, axborot tizimlari va texnologiyalari, integratsiyalashgan ekologik tadqiqotlar, boʻyoqlar va laklar, iqtisodiyot, tashkil etish va biznesni boshqarishdan iborat.