Maqsad sari ilk qadamlar…
Maqsad sari ilk qadamlar…
“Bir narsani yaxshi tushunish kerak. Hozirgi sharoit, muhit va imkoniyat 30–40 yil oldingi davrdan umuman boshqacha. Shuning uchun o‘qitish metodikasi ham, darslik ham, pedagoglarning yondashuvi ham zamonga mos ravishda tubdan o‘zgarishi kerak”.
Shavkat Mirziyo y ev
Hurmatli yurtboshimizning yuqoridagi fikr va mulohazalariga binoan Toshkent shahridagi 5 ta va hududlardagi 17 ta pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarning fakultetlari doimiy tarzda maktablarga biriktirildi.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, o‘tgan o‘quv yillari davomida Oliy ta’lum tizimida talabalar asosan 3-4 kurslarda pedagogik amaliyot jarayoniga jalb qilinar edi. Endilikda esa ta’lim sifatini har tomonlama mukammallashtirish hamda talabalarda kasb ko‘nikmasini shakllantirish uchun pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar 1-kursdanoq passiv amaliyot o‘tash i uchun maktablarga biriktirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, avvalo, maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, pedagogika yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalarda dastlabki o‘quv yilidanoq o‘qituvchilik mahoratini, o‘quvchilar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Nizomiy nomidagi TDPU o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qiyotgan 1-kurs talabalari 2 semestrni boshlashdan oldin Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 131 hamda 184-maktab, Yashnobod tumanidagi 282-maktablarga biriktirildi.
Tillar fakulteti O‘ z bek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri F.Burxonova talabalarga passiv amaliyotdan ko‘zlangan maqsad haqida dastlabki tushunchalar asosida vazifalar bilan tanishtirdi. Amaliyot joriy yilning 14-fevralidan 5-martiga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘z yakuniga yetmoqda. Ushbu pedagogik amaliyot unversitet rahbariyati bilan maktab ma’muriyati o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida olib borilmoqda.
Kafedra professori Q.Qahramonov rahbarligidagi 101-guruh talabalari Yashnobod tumaniga qarashli 282-maktabda pedagogik amaliyotni amalga oshirmoqdalar. Pedagogik amaliyotning birinchi kunidayoq talabalarni ochiq chehra bilan kutib olgan maktab rahbariyati, jumladan, maktab direktori D.Saidakbarova, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Xusa y nova hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Toji y evalar talabalarni O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari bilan tanishtirib, amaliyotni qanday olib borish bo‘yicha tushunchalar, maslahatlar berishdi. Talabalarning har biri o‘z kasbining fidoyilariga biriktirildi. Amaliyot jarayonida talabalar o‘zlari biriktirilgan o‘qituvchilar i ning dars jarayonini kuzatishdi. Yaqindagina o‘zlari ham maktabni bitirib universitet ostonasiga qadam qo‘ygan bilimga chanqoq yoshlar maktab o‘quvchilari bilan aka-singil, opa-ukadek inoq bo‘lib o‘zlarining bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalar amaliyotda faol ishtirok etib, o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan pedagogik mahoratni olishga intildilar. Dastlbki bir hafta davomida dars jarayoniga ko‘nikib moslashgan talabalarning ayrimlari, hatto ustozlar ko‘magi va nazorati ostida o‘zlari ham mustaqil dars o‘tishga ham ulgurdilar. Kuzatuvlar jarayonidan keyin, taassurotlari asosida amaliyot rahbari Q.Qahramonov bilan birgalikda ushbu pedagogik amaliyot davomidagi kuzatilgan taassurotlar, fikr-mulohazalar muhokama qilinib, tegishli uslubiy va kasbiy mahorat haqidagi qarashlar mustahkamlanib borildi. O‘tgan ushbu uch haftalik amaliyot jarayonida talabalar hozirgi zamon maktablar i dan nimani talab qilayotganini, ushbu ta’lim maskanida raqamli ta’limning joriylanishi, elektron jurnallarni yuritish tartibi bilan tanishdilar. Ushbu amaliyot jarayonining muhimlig i haqida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Xusa y nova o‘z fikrlarini quyidagicha bildirdi: “Bizning maktabimizga har yili talaba yoshlar amaliyot o‘tagani kelishadi. Bu yil mana 1-kurslar uch hafta davomida bizning mehmonimiz bo‘ldilar. Oldinlari faqat yuqori kurslar amaliyot o‘tagani kelishardi.
Prezidentimizning qaroriga ko‘ra, endilikda pedagogika yo‘nalishida o‘qiyotgan 1-kurs talabalari ham amaliyot o‘tagani yuborilmoqda.
To‘rt yillik o‘qishlari davomida talabalarning amaliyotni muntazam o‘tashlari natijasida ular haqiqiy o‘qituvchi bo‘lib shakllanadilar. Bu talabalarga kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz”.
А maliyot jarayonida talabalar maktab hayotiga yana qaytdilar, ammo o‘quvchi sifatida emas, balki zimmasiga o‘qituvchilik maʼsuliyati yuklangan kadrlar sifatida.
Davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida “Kelajak – maktab ostonasidan boshlanadi”, deb taʼkidlagan edilar. Bu juda ham to‘g‘ri fikrdir. Zero, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan shu qalbi osmon bolakaylarning ham kelajakda yaxshi inson bo‘lib yetishishlarida o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. Malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida pedagogika o‘quv yurtlari talabalari 1-kursdanoq amaliyotga jalb qilinishining ahamiyati yaqqol bilinmoqda. Shu yo‘sin pedagogika oliy o‘quv yurtlari tom maʼnoda haqiqiy o‘qituvchilarni tayyorlab berishga yo‘naltirilmoqda.
Yurtimizda bahor nafasi kezmoqda. Talabalar fasllar kelinchagi bo‘lmish bahorning ilk kunini maktabda o‘quvchilar davrasida qarshi olishdi. 1-mart atoqli va ardoqli shoiramiz Zulfiyaxonimning tavallud topgan kunlari sanaladi. Sevimli shoiramiz tavalludining 107 yilligi munosabati bilan 282-maktabda talabalar va o‘quvchilar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy kecha tashkil qilindi. Tadbir davomida Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar berib o‘tildi. Uning ibratli hayotidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolajonlarning bahoriy sadolar ostida ijro etgan raqslari davradagilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Talabalarning amaliyot davrida o‘tkazgan tadbiridan maktab maʼmuriyati ham mamnun bo‘lishdi. Ushbu tadbir haqida maktabning fidoyi va jonkuyar o‘qituvchilaridan biri Nasiba Qahramonova ham o‘z fikr-mulohazalarini quyidagicha bayon etdi: “Talabalar, mana uch hafta bo‘lyaptiki, bizning maktabda amaliyot o‘tamoqda. А maliyot jarayoniga juda ham yaxshi qatnashdilar. Talabalarning Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy xarakterdagi tadbirida bizning maktab o‘quvchilari ham ishtirok etishdi”.
“ А maliyot biz uchun juda katta yangilik bo‘ldi. Yaqindagina maktabni bitirib, bugun o‘zimizni o‘qituvchi sifatida his qilish bizga olam-olam zavq bag‘ishladi, ayni paytda o‘zgacha masʼuliyatni ham his etdik, deydi – talaba Nozima Ro‘ziyeva, hatto o‘quvchilarga dars o‘tishga ham harakat qildik. Biz o‘z kuzatuvimizni 11- sinflarda olib bordik. Ular bilan deyarli yoshimiz teng. Eng quvonarlisi bizni hurmat qilib, maktab binosida ko‘rsalar “ А ssalomu alaykum” deb o‘tadigan bo‘lishdi. Inson ich-ichidan xursand bo‘lib ketarkan. Yana bir bor amin bo‘ldimki, bu kasbni tanlab adashmapman”.
Maktabda uzoq yillar ishlab, ulkan tajriba orttirgan ustoz G.Shomiyeva ushbu amaliyot haqidagi taassurotlarini quyidagicha bayon etdi: “Hozirgi kunda yoshlarimiz bilimga chanqoq, ijodkor, izlanuvchan, tirishqoq yoshlardir. Uch hafta davomida bizning maktabimizga kelgan amaliyotchi talabalar darslarni kuzatish bilan birgalikda, o‘zlari ham kasbiy salohiyatini namoyon etishga harakat qilib, muallimlikka bo‘lgan qiziqishlarini yana bir bor isbotlab berdi. Biz bu yoshlarga ishonamiz”.
Nizomiy nomidagi TDPU professor o‘qituvchilari va talabalari hamkorlik uchun maktab maʼmuriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildiradilar.
Nigora HOSHIMOVA,
Mashhura BEKMIRZAYEVA,
TDPU 1-kurs talabalari