OTMlarga kirish imtiyozlari Konstitutsiyaga muvofiqmi?
Yurtimizda 130 dan ortiq davlat ro ‘ yxatidan o ‘ tgan oliy ta ’ lim muassasi mavjud . Ularga har yili qariyb 1.5 millionga yaqin abituriyent hujjat topshiradi . Lekin ularning 150 mingga yaqin qismi talabalik baxtiga muyassar bo ‘ ladi . Ushbu OTMlarga kirishda esa hozirda imtiyoz asosida qabul qilishning 27 ta turi joriy qilingan . Bunday imtiyozlar abituriyentlar o ‘ rtasidagi adolatli bilimlar raqobatida tengsizlikni yuzaga keltirmoqda . Bu holatni qonun oldida tenglik deb atalmish konstitutsiyaviy prinsipga zid deb atasak , qonun bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin , degan konstitutsiyaviy “ qoida ” ni ham inkor eta olmaymiz . Biroq , muammo shundaki , bu “ qoida ” ga ko ‘ ra imtiyozlar ijtimoiy adolat prinsipiga mos bo ‘ lishi lozim .
Demak, imtiyozlarning adolatliligini va konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash uchun sinovda talab qilinadigan bilimlar va imtiyozga ega bo‘lish shartlari o‘rtasidagi aloqaga baho berish lozim bo‘ladi.
Mavjud imtiyozlar holati
Avvalo OTMlarning kirish imtihonlarida berilayotgan imtiyozlarni ko ‘ rib chiqsak . Ularning muallif tomonidan jamlangan taxminiy shakli quyidagicha :
Imtiyoz berilgan qatlam
Tasdiqlangan qaror raqami va sanasi
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Ichki ishlar organlari
xodimlari farzandlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan.
Harbiy xizmatchilarning farzandlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori.
“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375 son qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari.
O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori.
“Bolalar sport o‘yinlari”ning respublika bosqichi g‘oliblari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-soni
Farmoni.
Chet tili sertifikatlariga ega abituriyentlar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
13-maydagi 395-sonli qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Badiiy akademiyaning respublika tanlovi g‘oliblari.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil
13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan nizom,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatlarga ega abituriyentlar.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori.
Fuqarolarninig o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 3-son qarori.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori.
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori.
Nogironligi bo‘lgan
shaxslar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni,
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Bobotog‘ hududlari yoshlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qarori.
Olis cho‘l hududlari aholisi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PQ-2925-son qarori.
Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3- maydagi PQ-4306-son qarori.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol yoshlari
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
14-noyabrdagi 914-son qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan.
“Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
“Tarbiyachi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qarori bilan tasdiqlangan nizom.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofati sohiblari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qarori.
“Nihol” mukofoti sovrindorlari.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan nizom,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoni,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Sport musobaqalari
g‘oliblari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni.
Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari(ota yoki onasi terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohatlari tufayli nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsa).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Harbiy xizmatchilarning farzandalari ( otasi yoki onasi harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog ‘ ida halok bo ‘ lgan hamdan harbiy xizmat vazifasini bajarish chog ‘ ida yaradorlik , kontuziya , shikaslantirish yoki kasalik oqibatida nogiron bo ‘ lib qolgan bo ‘ lsa ).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3394-son qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
O ‘ zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining V bob 18- moddasiga ko ‘ ra , O ‘ zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo ‘ lib , jinsi , irqi , millati , tili , dini , ijtimoiy kelib chiqishi , e ’ tiqodi , shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat ’ i nazar , qonun oldida tengdirlar .
Imtiyozlar faqat qonun bilan hamda ijtimoiy adolat pirinsiplariga mos bo‘lishi shart.
18-moddaga aloqador yana bir muhim modda bu 14-moddadir. Unda quyidagicha norma belgilanadi:
Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik pirinsiplari asosida amalga oshiradi.
Yuqoridagi ikki muhim modda ham barchaning qonun oldida tengligini va kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligini ta‘kidlamoqda. Shu bilan birga, istisno tariqasida, ijtimoiy adolat, qonuniylik va insonparvarlik prinsiplari asosidagina davlat o‘z faoliyatini yuritib, aholining bir qismiga imtiyozlar berilishi mumkinligini eslatmoqda.
Keling endi yuqoridagi pirinsiplarning ilmiy sharxlariga to‘xtalamiz. Avvalambor, qonuniy prinsip – barcha qonun va uning asosida chiqarilgan normativ hujjatlar barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiylikni anglatuvchi prinsipdir. Qonuniylik prinsipi – bu har bir chora-tadbirning Parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga muvofiq amalga oshirilishini anglatuvchi tamoyildir. Bunda oliy qonun chiqaruvchi organ sifatida faqat Parlamentgina bunday imtiyozlar bera olishi mumkin. Buning ziddi esa konstitutsiyaviy normaga ziddiyatni keltirib chiqaradi. Konstitutsiyaviy normaga ziddiyat esa o‘sha imtiyozning boshidan boshlab noqonuniy ekanligini va hech qanday kuchga ega emasligini bildiradi.
Shu bilan birga, bir nozik nuqtaga ham e’tibor qaratish zarurdir. Qonun oldida tenglik prinsipi adolatlilik prinsipiga ham muvofiq tushishi lozim. Chunki, imtiyozlarni qonun osti hujjatda ham, qonunda belgilasa ham adolatsizlik muhiti yo‘qolmaydi. Ya’ni belgilangan imtiyozlar tenglikni buzmaydi deyishimiz uchun ularni adolatli ekanligiga oydinlik kiritish kerak. Misol uchun, Parlament tomonidan qabul qilingan barcha qonunlar qonuniylik prinsipiga amal qilishi mumkin, ammo ularning Parlament tomonidan qabul qilinganligi ushbu qonunlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri adolatli ekanligini anglatmaydi. Shuning uchun ham, qonunlarning qabul qilinishi jarayoni bilan birgalikda, ularning normativ mazmuni ham birdek muhim hisoblanadi.
Ijtimoiy adolat prinsipini esa yuridik fanlar doktori, professor O.T. Husanov quyidagicha sharxlaydi.
Ijtimoiy adolat prinsipi – hududdagi barcha fuqarolarning manfaati, ularning ish joyi, mulki ahvolidan qat’i nazar teng himoya qilishida, yordamga muhtojlarga alohida yordam qilishida, ularni qo‘llab-quvatlash choralari ko‘rilishida namoyon bo‘ladi.
Bundan ko‘rinadiki, aholining kam ta’minlangan, yordamga muhtoj, yoinki, boshqa fuqarolarga nisbatan to‘la imkoniyatga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun Parlament ma’lum bir imtiyozlarni berishi mumkin. Chunki, ijtimoiy adolat prinsipi barcha insonlar uchun maqom-mansab, boylik, sog‘liq va boshqa barcha maqsadlar yo‘lida teng imkoniyatlar berilishini anglatadi. AQSH kabi davlatlarda irqi, jinsi, dini yoki millati tufayli jamiyatda o‘z o‘rnini topishga qiynaladigan aholi qatlami uchun “affirmative action” nomi ostida universitetlarga o‘qishga kirish, ishga joylashishda ba’zi yengilliklar taqdim etiladi.
Endi esa yuqoridagi moddalar asosida berilgan bu darajadagi keng ko‘lamli imtiyozlarning konstitutsiyaviyligini ko‘rib chiqsak. Maqola hajmi ham cheklanganligi uchun misol sifatida quyidagi qarorlarni huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilsak. Menimcha, quyidagi imtiyozlar Konstitutsiyamizdagi qonun oldida tenglik prinsipini buzuvchi imtiyozlar hisoblanadi. Sababi, birinchidan, asosiy imtiyozlar qonun bilan emas, balki, qonun osti hujjatlari orqali taqdim etilmoqda, ikkinchidan esa ularning soni ko‘payib, ta‘lim sifatining yomonlashishiga zamin hozirlamoqda, uchinchidan, Konstitutsiyamizning 18-moddasi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilganidek, imtiyozlar qonun asosida bo‘lishi, ijtimoiy adolat prinsiplariga mos tushishi, mamlakatda yashovchi yordamga muhtoj, jismoniy jihatdan zaif kishilargagina imtiyoz berilishi lozim. Konstitutsiyaga asosan, qonuniy asosda O‘zbekistonda ayollar, bolalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar imtiyozga ega bo‘lib, bu imtiyoz asosan iqtisodiy jihatdan qo‘llaniladi, deya aytilgan fikrlarni qisman chetga surmoqda. O.T. Husanovning qarashlariga suyanadigan bo‘lsak, Konstitutsiyaning 18-moddasida aynan yuqoridagi subyektlarga imtiyoz berish nazarda tutilgan.
To‘rtinchidan esa quyidagicha tartibda berilgan imtiyozlar Konstitutsiyamizning “ijtimoiy adolat” tamoyiliga zid keladi. Bunga bir necha misollar keltiraman.
1. 2020-yil 24-yanvarda tasdiqlangan “Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblariga (1-o‘rin) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridan soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, uch yil muddat davomida amal qiliuvchi sertifikat beriladi.
Ushbu imtiyoz berilishi ikki tomonlama qaralsa ko‘pchilik abituriyentlar noroziligiga olib kelishi mumkin. Bu qarorda, birinchidan, jamoaviy sport turi sportchilariga ham bunday imtiyoz beriladi. Ikkinchidan, bu imtiyozlar aynan sport sohasining o‘ziga emas, umumiy berilmoqda. Bu esa istalgan OTMga “grant” degan gap. Axir bu imtiyoz sportchilarga sportdagi ishlari uchun berilgan. Demak, u yoshlarga shu soha uchun ajratilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Negaki, vaqtining ko‘p ulushini sportga bag‘ishlagan bolani injenerlik yoki huquq sohasiga yo‘naltirish xato ish. Balki u bu sohada ancha no‘noqdir yoki yaxshi tushunmas? O‘ylaymanki, berilayotgan imtiyozlar faqat sport sohasiga yo‘naltirilsa, xalqaro toifadagi sportchilarimizning maktablari tobora mustahkamlanar edi. Biz ularning qaysidir ma’noda imkoniyatlarini ko‘paytirib, bo‘lajak qahramonlarimizning qobiliyatlarini boy bermayapmizmi?
2. 2012-yil 31-mayda PQ-17-65 va 2019-yil 17-avgustdagi 681-son tasdiqlangan qarorga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarning tavsiyanomaga ega bo‘lganlariga umumiy to‘plagan balining 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda kirish imtihonlaridan qo‘shimcha ballar beriladi va ular alohida kvota doirasida talabalikka qabul qilinadi. Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlarga imtiyoz berish menimcha noo‘rin. Aslida bu ballar muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan xizmatchilarga yaxshi xulqi, vatanparvarligi, xizmatdagi namunali ko‘rsatkichlari asos qilinib beriladigan imtiyozdir. Xo‘sh, nega unda bu foizlar oliy harbiy ta’limga kirishda ozroq bo‘lsa ham ish bermaydi? Bundan tashqari Konstitutsiyamizning 52-moddasi aynan shu haqda. Achinarlisi, harbiy tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinganlarning aksariyat qismi(hammasi ham emas) tahsil olayotgan sohasini
yaxshi bilmaydi, yaxshi ko‘rmaydi. Ushbu auditoriyaga qo‘pol qilib aytganda “osmondan tushib, kirib olgan”.
3. 2019-yil 26-fevraldagi PQ-42-12 va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 375-son qarori bilan tasdiqlangan nizom. Ushbu qarorga binoan Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun davlat granti asosida OTMlarga umumiy belgilangan qabul kvotalarining 3 foiz miqdorda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi (tavsiyanoma asosida). Tavsiyanoma kunduzgi va sirtqi ta’lim shakliga bir marta kirish uchun uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
Bu ta’limdagi sog‘lom raqobatning buzilishi emasmi? Shu o‘rinda “ular kun-u tun bizni himoya qilishadi”,
“ularning halovati yo‘q” degan gaplarni aytuvchilar ham topiladi, albatta. Aynan shu masala Konstitutsiyamizning 37-moddasida yoritilgan. Bundan tashqari, bu imtiyoz 18-moddaning “fuqarolar ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar” degan qismini qattiq buzmoqda. Falsafiy tomondan qaralganda ota-onasining kasbidan kelib chiqib yoshlarni imtiyozli va imtiyozsiz degan toifalarga ajratish, bu bosh qomusimizning ijtimoiy tenglik prinsipi buzilishining yorqin namunasidir.
4. 2017-yil 20-iyun va 2019-yil 28-iyunda tasdiqlangan qarorlarga ko‘ra, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan balning 30 foiz miqdordagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan balning 15 foiz miqdordagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishidagi imtiyoz berildi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, harbiy ixtisoslashtirilgan maktabni bitirgan o‘quvchini boshqa sohaga yo‘naltirish to‘g‘rimi? Keyinchalik bolaning qiziqishlari o‘zgarishi mumkindir, ammo boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi 15 foizlik imtiyozni olib tashlanishi tarafdoriman. Fuqarolarning qaysi ta’lim maskanini bitirishidan qat’i nazar hamma uchun teng bo‘lgan milliy test sinovlari tashkil qilinsa, hech kim o‘zini kamsitilgan deb his qilmasdi. Aslini olganda bu maktab o‘quvchisi umumta’lim maktab o‘quvchilariga nisbatan fanlarni chuqur o‘rgangan bo‘ladi. Shundoq ham yaxshi sharoitda o‘qigan o‘quvchilarga yana imtiyoz berish o‘rinlimi?
5. 2017-yil 14-noyabr va 2017-yil 20-iyunda tasdiqlangan qarorlarga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari Davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Hozirgi kunda yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lish uchun nima qilish kerak? Davlat tadbirlarida faol ishtirok etish, ijtimoiy harakatlarda yaxshi taassurot qoldirish, yoshlar ittifoqi doirasida tashkil etilgan valantyorlik(ko‘ngilli) ishlarida o‘zini ko‘rsatish lozim. Ammo bu pedagogika sohasida kelajak avlodni tarbiyalashda yoshlar ittifoqi a’zolarining yetarli malakasi va bilimi bor degani emas. Shuning uchun ham ushbu imtiyoz talabalikka tayyorlanayotgan ko‘plab yoshlarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
OTMlarga qabul qilishda subyektning kimligi, mavqei, qayerni tamomlagani, kimning farzandi ekanligi va shunga o‘xshash sifatlaridan ko‘ra, shaxsning qobiliyati, bilimi, fanni qanchalik bilish darajasi hisobga olinsa, mamlakat sanoq orqali emas, bilim sifati bilan oliy maqsadga yetgan bo‘lardi. Biroq bu fikr qat’iy ijro etiladigan bo‘lsa, aholining ijtimoiy nochor yoki poytaxt va shaharlashgan joylarga nisbatan yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lmagan aholi qatlamiga adolatsizlik qilgan bo‘lamiz. Shunday ekan, imtiyozlar berilishiga oid qoidalar – ularning standartlari aniq ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Chunki, yuqorida keltirilgan ro‘yxatda nogironlik uyi bolalari, respublikamizning uzoq hududlaridan kelgan o‘quvchilar va muhim yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblarning holatini bir muncha ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan tushunsak-da, boshqa toifadagi abituriyentlar holatini ijtimoiy adolat mezonida o‘lchashda qiyinchilikka duch keldik.
Shunday ekan, barcha imtiyozlarni faqat Parlamentda ochiq muhokamadan o‘tkazgan holda, qonuniy shaklda berish, imtiyozlarni qo‘lga kirita oladigan aholi qatlamining betaraf mezonini ham qat’iylashtirish maqsadga muvofiq. Aks holda aholining boshqa bir qatlamiga ijtimoiy adolatsizlik qilingan bo‘ladi.
Shahriyor ABDUBOQIYEV,
Muqimiy nomidagi Qo‘qon pedagogika institutining tarix fakulteti talabasi