SOVRINDORLAR MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 5924-sonli hamda 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmonlarini ijrosini ta’minlashga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni va mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Ona vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Xususan, 2023-yilning 14–17-mart kunlari Armrestling sport turi bo‘yicha Navoiy shahrida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan musoboqada 12 ta viloyatdan turli vazn toifasidagi 300 nafardan ortiq sportchilar qatnashdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursanti Ne’mat Beshimov 75 kg vazn toifasida chap qo‘lda faxrli 3 o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan tantanali takdirlandilar.
Farhodjon XO‘JAYEV,
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi katta o‘qituvchisi, mayor.