Talabalar amalyoti: O‘qituvchi mas’uliyatini his etib...
Talabalar amalyoti: O‘qituvchi mas’uliyatini his etib...
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti “Tillar fakulteti: Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi” 207-guruh talabalari Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 32-umumta’lim maktabida Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Mahbuba Oʻrazbayeva rahbarligida amaliyot oʻtadilar. Biz amaliyot davomida oliy toifali oʻqituvchilarning darslarini kuzatdik. Malakali oʻqituvchilar tufayli turli saboqlarga ega boʻldik. Darsni kuzatish natijasida bolalar bilan doʻstona suhbat qurishni, ular bilan samimiy va ochiq munosabatda boʻlishni oʻrgandik.
Amaliyot 2022-yil 14-fevral sanasidan boshlandi. Shundan buyon maktabda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tashkilotchisiga aylandik. Jumladan, bizga biriktirilgan 9-“B” sinf oʻquvchilari bilan Abdulla Oripov tavalludining 81 yilligiga bag‘ishlab badiiy kecha o‘tkazdik. Badiiy kechada Alimov Akrom, Xudoyberganova Nozima, Shakarova Nigora, Sobirov Samandar, Shavkatova Mubina va Atajonova Goʻzal faol ishtirok etdilar. Ozodov Erkin va Fayzirahmonova Dilobar dars mashg ‘ ulotlarida faollik koʻrsatdilar. Ajoyib tadbirlar va badiiy kechalar amaliyot davomida barchaga koʻtarinki ruh hadya etdi. Tadbirlarni tashkillashtirishmizda bizga yaqindan yordam bergan inson 32-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Shohista Xudoynazarovadir.
Tadbirlardan tashqari, “Huquq bilimdonlari” koʻrik-tanlovi ham tashkil etildi. Tanlovga puxta tayyorgarlik koʻrgan 9-“B” sinf oʻquvchilari g‘alaba qozondilar. O‘quvchilardan Asrayev Ozodbek, Sayfullayev Og‘abek, Razzoqberdiyev Jamshidbek “Huquq bilimdonlari” tanlovida faol ishtirok etdilar.
Sitora Suxanberdiyeva ,
Nizomiy nomidagi TDPU
Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 207-guruh
talabasi