Talabalar bilan ochiq muloqot
Talabalar bilan ochiq muloqot
“Ma’rifat” gazetasi uzoq yillardan buyon talabalar bilan amaliy hamkorlik qilib keladi. Tahririyat eshiklari bo‘lajak ijodkor yoshlar uchun hamisha ochiq. Bugun gazeta rahbariyati va ijodiy xodimlari O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari bilan uchrashdi.
Tadbirda gazetaning 90 yilligiga bag‘ishlangan “Mehr va mahorat maktabi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Bosh muharrir Husan Nishonov so‘zi avvalida gazetaning bugungi kundagi faoliyati haqida qisqacha so‘zladi. Talabalar bilan hamkorlik istiqbollari haqida gapirib, gazetaning oxirgi sonidagi maqolalarning 70 foizi mazkur ta’lim muassasasining talabalariga tegishli ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng yoshlar bilan erkin savol-javob bo‘ldi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda tahririyat va muassis hamkorligi, obuna va pochta masalalari, mualliflar bilan ishlash, ijodkor o‘quvchilarni yuzaga chiqarishda matbuotning o‘rni, talabalar bilan amaliy jarayonlarda hamkorlik qilish borasida fikr almashildi.
Shu bilan birga “Mehr va mahorat maktabi” kitobining bo‘lajak jurnalistlarning kelgusi faoliyatida muhim jihatlariga to‘xtab o‘tildi.
Uchrashuv so‘ngida eng yaxshi savol egalariga kitob sovg‘a qilindi. Qolaversa, tahririyat universitet kutubxonasi uchun kitob hadya eti ldi.