Turkiy tilli xalqlar simpoziumi o‘tkazildi
Turkiy tilli xalqlar simpoziumi o‘tkazildi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Turkiyada bo‘lib o‘tgan II Turkiy dunyo kommunikatsiyasi va san’ati bo‘yicha xalqarosimpoziumida ishtirok etdi. Simpoziumtili yaqin bo‘lgan turkiy xalqlardan vakil bo‘lganishtirokchilarini, kommunikatsiya va san’at yo‘nalishida ijod qilayotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, jurnalistlar va boshqa yo‘nalishlardagifan va san’at vakillarini ramziy ma’noda birlashtirdi.
Simpoziumning ochilish marosimida O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja onlayn tarzda kirish so‘zi bilan ochib berdi, mazkur simpozium jurnalistika, kommunikatsiya va san’at sohasidagi ilmiy masalalarni muhokama qilish, o‘zaro tajriba almashish, kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha muhim va istiqbolli platforma vazifasini bajarishini ta’kidladi.Simpoziumda barcha turkiy tillar, lahjalar va shevalarning ishchi til etib belgilandi. Darhaqiqat, turkiy xalqlar bir-birini tarjimonsiz tushunadilar.
- Yangilanib borayotgan bugungi O‘zbekistonda fan sohasidagi xalqaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda, - deydi O‘zJOKU katta o‘qituvchisi Sanobar Jumanova. -O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti turkiy tilli davlatlar jurnalistikasi va kommunikatsiyasi bo‘yicha istiqbolli loyihalar ustida ish olib boryapti. Shu kabi sa’y harakatlar samarasi o‘laroq, Nigde Omar Halisdemir universitetida bo‘lib o‘tgan II Turkiy dunyo kommunikatsiyasi va san’ati bo‘yicha xalqaro simpoziumida faol ishtirok etdik. O‘zaro fikr almashish davralarida qardosh barcha turkiy xalqlar, mamlakatlar vakillari Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni, dunyoga ochiq bo‘lib borayotganini alohida ta’kidlashdi. Ma’ruzalarni tinglab O‘zbekiston allomalar yurti ekanligini his qildik."Mediata’limning qadimgi turkiy xalqlardagi ko‘rinishlari" mavzusidagi ma’ruzamiz ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Simpoziumning 3-kunida Kapadokiyaga sayohat uyushtirildi.