Xorazm temiryo‘l kassalari oldida nimaga odam ko‘payib ketdi?
Xorazm temiryo‘l kassalari oldida nimaga odam ko‘payib ketdi?
Oliy ta'lim va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan talabalar uchun qishki ta'til 24-yanvargacha etib belgilanishi temiryo‘l va aviakassalar oldida talabalar ko‘payib ketishiga olib keldi. 7-yanvar kuni Xorazm viloyati temiryo‘l kassalari oldida odam to‘planishi oqibatida ko‘pchilik talabalar sotib olingan biletlarini almashtira olishmayapti. Voqea joyiga yetib kelgan Milliy gvardiya va IIB fuqarolarni taribga solishga va tinchlantirishga harakat qilishmoqda. Ularning ta'kidlashicha, talabalar tomonidan 50 foiz chegirma orqali sotib olingan biletlar kuyib ketmasligi, 24-yanvargacha bo‘lgan muddatda kelib almashtirishlari mumkinligi aytilmoqda. Bugun kassa faqat 7-yanvar kungi olingan biletlarni almashtirilishi sababli boshqa kunga bilet olgan talabalar ortga qaytarib yuborilmoqda. Agar 7-yanvar kunga olingan biletni almashtiruvchilar navbati tugasa, keyingina boshqa kungi yo‘lovchilar ham bilet almashtirilishi mumkinligi aytilmoqda.
Xorazm viloyati IIB boshqarmasi transportda xavsizlikni ta'minlash boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i Mayor Boltayev Qudratbek bergan inervyusida quyidagilarni keltirib o‘tdi:
Hurmatli fuqarolar, tartib va qoidalarga amal qiling. Talabalar tomonidan sotib olingan biletlar kuyib ketmaydi. Poyezd vaqti o‘tkazib yuborilgan taqdirda ham biletlar almashtirib beriladi. Shuning uchun fuqarolardan shoshmaslik va havotirlanmasliklarini so‘rab qolamiz. 24-yanvargacha barcha biletlar almashtirib beriladi. Yo‘lovchilar ko‘payib ketgan taqdirda qo‘shimcha vagon qo‘shiladi. Qoidalarga amal qiling.
Shunday ekan, 24-yanvargacha biletlar almashtirib berilishi belgilandi. Kassalar 24 soat davomida ish faoliyatini olib borishadi.
Sultanova Dinara
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 1-bosqich talabasi