Islom akademiyasidan yangilik
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilk bor jurnalistika, yurisprudensiya va kompyuter injiniringi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul o‘tkazilmoqda
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev ma’lum qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati 66 foizni tashkil etadi. Ayni paytda Akademiyada “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Islomshunoslik” fakultetlari mavjud bo‘lib, ularning tarkibida 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
Joriy yildan ilk marotaba “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (arab tili)”, “Jurnalistika" (xalqaro jurnalistika), “Yurisprudensiya (islom huquqi)”, “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishlariga qabul o‘tkazilmoqda.