Magistrlarning birinchi ilmiy-metodik taqdimot konferensiyasi o‘z ishini boshladi
Joriy yilning 5-may kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “ Ona tili va adabiyot ta’limi yangi metodikasini yaratishning istiqbol rejalari ” mavzusida gi magistrlarning birinchi ilmiy-metodik taqdimot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya jarayonlari oflayn va onlayn shaklda olib borildi.
Ushbu konferensiyada ToshDO‘TAU rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odinaxon Jamoldinova, Ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari doktori, professor Zaynabidin Abdirashidov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, professor Rauf Yarkulov, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), G‘ofir Hamroyev hamda magistr talabalar ishtirok etishdi.
Mazkur konferensiyani ToshDO‘TAU rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bugungi kunda nazariy jihatdan ancha mukammal bo‘lgan filologik ta’lim, ayniqsa, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini tubdan isloh qilish masalasi kun tartibiga chiqqanligi, “maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi”, – deb davlatimiz rahbarining aytgan fikrlari bejizga emasligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng a njuman ishtirokchilari birin - ketin o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odinaxon Jamoldinova o‘z ma’ruzasida, har qanday jamiyatda rivojlanishning birlamchi omili bu ilm-fanga bo‘lgan e’tibor, yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, millat taraqqiyotining asosini belgilab beruvchi ma’naviyatning negizida til va adabiyot turadi. Shunday ekan, Abdulla Avloniy “Har qaysi millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur”, — degan fikrlarini keltirib o‘tdi.
Magistratura bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, professor Rauf Yarkulov o‘z ma’ruzasida bugungi anjuman universitetda o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan qator tashabbuskor, yangilikka intilgan yosh olimlarning harakatlari bilan tashkillashtirilganligini bildirib o‘tdi. Universitetda 2020-2021 – o‘quv yilida jami 45 nafar magistrlarning pedagogik amaliyotini bosqichli shaklda tashkil etish zarurati tug‘ilganligi bois, respublikaning xalq ta’limi bo‘limlariga qarashli umumta’lim maktblarida, ixtisoslashirilgan maktablarda, xususiy maktablarda, xalqaro toifadagi maktablarda amaliy mashg‘ulotlar olib borib, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida universitetdan biriktirilgan professor-o‘qituvchilar rahbarligida o‘z ilmiy izlanishlarini olib borishdi va 5 nafar magistrant mazkur konferensiyada o‘z taqdimoti bilan qatnashdi.
Jumladan, Xalq ta’limi a’lochisi, O‘zbekiston belgisi ko‘krak n ishoni sovrindori, magistrant Jamoliddin Nurmuhammadovni misol tariqasida keltirish o‘rinlidir. U o‘zining “ Metodika san’at va sanoat : Ona tili va adabiyot ta’limi yangi metodikasini yaratishning istiqbol rejalari ” mavzusida qilgan taqdimotida quyidagi takliflarni ilgari suradi: “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishda ayrim fanlarni aniq maqsadga qaratgan holda formallashtirish va optimallashtirish zarur. Bakavriat va magistratura bosqichlarida yangicha o‘quv fanlarni kiritishni taklif qilaman: “Lirik asarlarni o‘qitish metodikasi”, “Epik asarlarni o‘qitish metodikasi”, “Dramatik asarlarni o‘qitish metodikasi”, “Ochiq darslarni tashkil etish metodikasi”, “Pedagogning notiqlik mahorati”, “Biografik ma’lumotlar bilan ishlash asoslari”, “Darslik yozish metodologiyasi”. Ushbu fanlar orqali adabiyot o‘qitish metodikasining yangi bosqichini boshlab berish mumkin.
Shuningdek, universitet qoshida aniq moliyalashtiriladigan manbaaga ega “Adabiy ta’lim laboratoriyasi” tashkil etish va unda ishlovchi muqim xodimlar shtat birligini tuzish. “Adabiy ta’lim laboratoriyasi” da esa:
§ Ona tili va adabiyot o‘qitish metodikasining o‘rganilish jarayonini va shu sohalar bo‘yicha qilingan ilmiy ishlar elektron baza bibliografiyasini qilish;
§ Mustaqil ta ’ lim uchun platforma yaratish: sayt, dastur, o‘ yinlar ishlab chiqish;
§ Book trailer, book teaser, komikslar yaratish mexanizmini ishlab chiqish va bu orqali bookmarketingni rivojlantirish;
§ Adabiyot darsliklarida aks etgan g‘ oyalar mujassamlashgan musiqa, q o‘ shiq va kino kolleksiyasini jamlash kabi loyihalar amalga oshirilishini ustuvor vazifa qilib belgilash kerak.
Metodika yo‘nalishi bo‘yicha davlat grant dasturlarini ko‘proq jalb qilish zarur.
Universitetda “ Metodistlar malakasini oshirish va qayta tayyorlov markazi ” faoliyatini tashkil etish orqali xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimidagi metodistlarni o‘qitish mexanizmini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
“Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), G‘ofir Hamroyev o‘z nutqida bugungi konferensiyada magistrlar ona tili va adabiyot ta’limini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida tanlagan mavzularining ilmiy yangiligi, globallashuv zamonidagi ahamiyati haqida, shuningdek, mazkur ilmiy-metodik anjumanning natijasi sifatida maqolalar to‘plami nashr etildi. Qolaversa, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish sohasidagi metodistlarni birlashtiruvchi “Kelajak metodistlari korpusi”ni tuzish loyihasi ilgari surilganligini aytib o‘tdi.
Anjuman bu yo‘nalishda ilk marta tashkil etilayotgani munosabati bilan bundan keyin an’anaviy tarzda tashkil etilishiga kelishib olindi.