Oliy ta’lim
20 / 01 / 2022
Yangi O‘zbekistonning istiqboli :
bu borada qanday huquqiy muammolar mavjud ?!
O‘qishdan qaytayotganimda mahalladan peshinga chaqirilayotgan azon ovozi eshtildi. Ha, uyimiz besh mahal iymonga chorlovchi baytul masjidga yaqin fayzli ko‘chalardan birida. Gapni qisqasi, masjidga kirayotgan har bir yoshu keksadan xayr-ehson so‘rab turgan yigit e’tiborimni tortdi. Aftu angori joyida, kiyishi va so‘zlashi binoyidek, qo‘l-oyog‘i chaqqonligidan hali u yoqqa, hali bu yoqqa yugurib “savob uchun ehson qiling” deyayotgan bu yosh kishini savolga tutdim. Anglashimcha, ota-onasi va ukasi bilan shu...
Oliy ta’lim
11 / 01 / 2022
O‘quv dargohlarimizni bosqichma-bosqich oyoqqa qo‘yishimiz zarur!
Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda test sinovining joriy etilishi inqilobiy hodisa bo‘ldi. Yashirib nima qilamiz, undan oldin qo‘lingizda mo‘maygina pulingiz bo‘lmasa, oliy ta’lim olish haqida orzu ham qilolmasdingiz. Chunki o‘sha yillari oliy ta’lim muassasalari qulog‘igacha korrupsiya botqog‘iga botgandi. Garchand, keyinchalik ham bu illatdan tamomila qutula olmagan bo‘lsak-da, hech bo‘lmasa, qabul jarayonida nisbatan adolat qaror topdi.
Oliy ta’lim
7 / 01 / 2022
Xorazm temiryo‘l kassalari oldida nimaga odam ko‘payib ketdi?
Oliy ta'lim va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan talabalar uchun qishki ta'til 24-yanvargacha etib belgilanishi temiryo‘l va aviakassalar oldida talabalar ko‘payib ketishiga olib keldi. 7-yanvar kuni Xorazm viloyati temiryo‘l kassalari oldida odam to‘planishi oqibatida ko‘pchilik talabalar sotib olingan biletlarini almashtira olishmayapti.
Oliy ta’lim
22 / 11 / 2021
Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi
Mazkur yangi tartibni belgilash to‘g‘risidagi hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Oliy ta’lim
4 / 11 / 2021
D umaloq raqslar, teatr tomoshalari — Xitoy udumlari
Toshkent davlat Sharqshunoslik unversiteti qoshidagi akademik litseyda Xitoy haftaligi tashkil qilindi. Ushbu tadbir 2-kurslar orasida bo‘lib o‘tdi. Bunda Xitoy xalq respublikasining urf-odati, tili, madaniyatini ko‘rsatib berishdi. Shu ikki kun mobaynida Xitoy haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Bu tadbirda choy quyish marosimi, xitoy tilida ma’lumotlar keltirib o‘tishdi. Aytilishicha, jahonda xitoy so‘zlashuvchilarining soni 1,3 milliard kishidan oshgan. Xitoy tili xitoy-tibet tillari oilasiga kiradi.
Oliy ta’lim
29 / 10 / 2021
Ta’lim krediti izidan…
Qishloq qiziman. Men uchun poytaxtda o‘qish bir vaqtlar katta orzu edi. Bugun talabaman. Katta shaharda o‘qish osonmasligini tushunyapman. Kvartira muammosi haqida so‘z ochsam, suhbatim tonggacha ham tugamaydi. Ammo aytmoqchi bo‘lganim bu emas, o‘qishim uchun olmoqchi bo‘lgan kredit mojarosi.
Oliy ta’lim
4 / 10 / 2021
Bugungi tezkor va globallashuv davri yuqori malakali dasturchi va mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo qilmoqda. Bugungi kun va kelajagimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sohaning yetuk kadrlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Elektron o‘qitish dasturi doirasida o‘qib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xo‘jalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida ishga olish galdagi muhim vazifadir. Chunki ular tashkilotlar faoliyatini an’anaviy elektron formatdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishga mas’ul mutaxassislardir. IT infratuzilmasini...
Oliy ta’lim
30 / 09 / 2021
"Yangi O'zbekiston strategiyasida oliy ta'lim tizimlaridagi vazifalar:
· Oliy ta'limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga asosiy e'tibor ta'lim sifatini oshirishga qaratiladi. 2026-yilga qadar kamida10 ta oily goh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi;
· Talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o'rinli talabalar yotoqxonalari...
Oliy ta’lim
25 / 08 / 2021
Qabul kvotalari oshib borayotgani, ilmiy-tadqiqotchilik sohasida jadallashish, xorijiy OTMlarning filiallari va mahalliy OO‘Ylarning viloyatlardagi filiallari ochilishi — taraqqiyotimizning yangi bosqichi hamdir. Bugun deyarli barcha oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar impakt faktori yuqori bo‘lgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, o‘quv qo‘llanma, darslik, monografiya va lug‘atlar nashr etish sa’y-harakatiga tushgan. Ko‘pgina oliygohlarda ilmiy darajalarni beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Oliy ta’lim
18 / 08 / 2021
Pandemiya boshlanishi bilan dunyodagi ta’lim tizimi qator qiyinchiliklarga duch keldi. Bir necha hafta ichida sayyoramiz bo‘ylab talabalarning 90 foizi masofaviy yoki aralash ta’limga o‘tishga majbur bo‘ldi.
Universitetlarimiz dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi singari, o‘z ishlarini hech bo‘lmaganda cheklangan miqyosda davom ettirishga qaror qildi. Ushbu holat oliy ta’lim tizimi uchun haqiqiy stressga aylandi.
Oliy ta’lim
11 / 08 / 2021
Abituriyentlar uchun bundan 10 yil oldingi muhitni yodga oladigan bo‘lsam, ular asosan o‘zlari o‘qiyotgan maktab yoki boshqa maktab o‘qituvchilaridan darsdan tashqari vaqtda qo‘shimcha ta’lim olishardi. Yoki OTMlarda dars beradigan ustozlar darsdan keyin abituriyentlarga o‘z uylarida dars o‘tishardi. U vaqtda o‘quv markazlari hozirgidan ancha kam, talabalik ko‘pchilik uchun muqaddas orzu edi. Hozirgidek cho‘ntak ko‘tarsa, past ball to‘plagan bo‘lsangiz ham OTMlar eshigini “tepib kirish”ning iloji bo‘lmagan.
Oliy ta’lim
11 / 08 / 2021
Ta’limda layoqatsizlikning ommaviy tus olishi innovatsion g‘oyalarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugun yurtimizda ta’limga e’tibor ancha kuchaydi. Ammo qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yetarlicha. Ushbu masala bo‘yicha gap ketar ekan soha mutaxassislari va ziyolilar fikri barchamiz uchun qiziq. Sohadagi yutuq va kamchiliklar yuzasidan jurnalist Alisher Nazar fikrlari bilan o‘rtoqlashdik.
Oliy ta’lim
7 / 07 / 2021
Yurtimizda 130 dan ortiq davlat ro ‘ yxatidan o ‘ tgan oliy ta ’ lim muassasi mavjud . Ularga har yili qariyb 1.5 millionga yaqin abituriyent hujjat topshiradi . Lekin ularning 150 mingga yaqin qismi talabalik baxtiga muyassar bo ‘ ladi . Ushbu OTMlarga kirishda esa hozirda imtiyoz asosida qabul qilishning...
Oliy ta’lim
5 / 07 / 2021
So‘ngi yillarda respublikamizda ta’lim sohasida olib boriladigan izchil islohotlarning asosiy maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat. Shu orqali yurtimizdagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilarining xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish, amaliyotga qo‘llash, nufuzli universitetlarda malaka oshirish, magistratura va doktorantura yo‘nalishida sifatli hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Oliy ta’lim
2 / 07 / 2021
Turli ko‘nikmalar, mantiqiy tafakkur, kreativ yondashuv va tanqidiy fikrlash tamoyillari bilan yo‘g‘rilgan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish asrimizning dolzarb talablaridan biridir.
O‘tgan asrdan farqli o‘laroq, hozirgi raqamli texnologiyalar va yalpi savodxonlik asri texnologik yutuqlar, ko‘p madaniyatli jamiyat, insonning harakatchanligi, global infratuzilma, ijtimoiy tarmoq, innovasiyalar va ijodkorlik va inklyuzivlik davrini boshlab berdi.