Ma’rifatparvar jadidchilik harakati namoyandalarini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Vatanimiz tarixining g‘oyat murakkab davrida – XX asr boshlarida o‘zining ma’rifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy ta’lim-tarbiya tizimini yaratish hamda yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini ta’minlashga qo‘shgan beqiyos hissasini inobatga olib, quyidagilar «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin:
Abdulla Avloniy (marhum) — ma’rifatparvar adib, pedagog, jamoat arbobi
Mahmudxo‘ja Behbudiy (marhum) — Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan biri, adib, pedagog va olim
Munavvar qori Abdurashidxonov (marhum) — atoqli ma’rifatparvar murabbiy, adib, muharrir va jamoat arbobi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev