1-fevraldan oylik va stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi
Rasmiy
31 / 12 / 2020
O‘zbekiston Prezidentining 30-dekabrdagi qarori bilan 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi.
2021-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m;
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari qarorga berilgan ilovaga muvofiq belgilanishi ko‘rsatib o‘tildi.