ABITURIYENTLAR UCHUN
Abituriyentlarga super kontrakt miqdorining amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan tartibi belgilandi, deyiladi edu.uz manbasida.
➡️ 2021/2022-oʻquv yili qabul uchun tasdiqlangan “Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi” baholash mezonlari oʻzgarganligi sababli, abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida istisno tariqasida toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizigʻi chegarasigacha yetarli ball toʻplay olmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:
Toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul parametrlari chegarasiga:
➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
✅ Bunda, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022-oʻquv yilida tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.