“INSON HUQUQLARI – OLIY QADRIYAT”
Rasmiy
20 / 02 / 2023
20-fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda shu mavzuda davra suhbati o‘tkazildi.
Videokonferensiya tarzidagi ushbu tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2023-yil 7-fevradagi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturiga asosan 20-fevraldan–28-fevralga qadar davom etadigan “Inson huquqlari haftaligi” doirasida tashkil etildi.