G‘OLIBLAR ANIQLANDI
Joriy yilning 15-may kuni “Oltin qalam” XVII milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jurnalistlar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil “Oltin qalam” mukofoti uchun xalqaro tanlovda 500 dan ziyod OAV vakillari 4 mingga yaqin ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan.
Quvonarlisi, Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan 2023-yildan boshlab jurnalistlar o‘rtasida har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni demokratik tamoyillar asosida yanada ochiq va shaffoflik bilan o‘tkazishga e’tibor qaratilishi, shuningdek, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari:
─ bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;
─ birinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;
─ ikkinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 175 baravari;
─ uchinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari;
12 ta rag‘batlantiruvchi nominasiyaning har biri uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilab qo‘yildi. (Avvalgi yillarda bu ko‘rstkich 3 tani tashkil etgan). Muhtaram yurtboshimizning jurnalistlarga bo‘lgan bu qadar ishonchi, rag‘batlantirishi, albatta, kelgusida o‘z bo‘yini ko‘rsatadi. Quyida g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishasiz:
Xalqaro tanlovning bosh milliy mukofoti g‘olibi:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti jamoasi (Sovg‘a ─ Gentra avtomobili).
Internet jurnalistikasi yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari Xushnud Xudoyberdiyev;
2-o‘rin: Kun.uz sharhlovchisi Jamshid Niyazov;
3-o‘rin: Davletovuz Telegram kanali asoschisi Qobil Xidirov.
Radio yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin: “Avtoradio”da dasturlar bo‘yicha direktor hamda efir boshlovchisi Nazira Inoyatova;
2-o‘rin: “Oriat Dono” radiosi muharriri Botir Imomaliyev;
3-o‘rin: Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi “Yangi asr” radiokanali bosh muharriri Ilhom Raxmatov.
Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin: O‘zbekiston 24 telekanali direktori o‘rinbosari Shunqor Choriyev;
2-o‘rin: Milliy telekanali Ijtimoiy-ma’rifiy dasturlar bo‘limi boshlig‘i, “Otalar so‘zi” loyihasi badiiy rahbari Yulduz Hoshimova;
3-o‘rin: Mening yurtim telekanali “Markaziy studiya” informatsion loyihasi 1-toifali muxbiri Yulduz Olimova.
Bosma OAV yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin: “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi jamoasi;
2-o‘rin: “Adabiyot ziyosi” gazetasi jamoasi;
3-o‘rin: “Tong yulduzi” gazetasi.
“Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” g‘olib:
“Postda — На посту” gazetasi jamoasi.
“Internet tarmog‘ida e’lon qilgan eng yaxshi materiali uchun” g‘oliblar:
“Alter Ego Intervyu” kanali asoschisi Kirill Altman;
“Ular podkast” loyihasi muallifi Laziz Xamidov;
Erkin ijodkor Shokir Sharipov;
Ijtimoiy tarmoqlardagi “Potrebiteli.uz” sahifasi asoschisi Liliya Nikolenko.
“Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” g‘olib:
Jurnalist Muhammadjon Obidov.
“Bandlik va ijtimoiy himoya masalalari eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:
“Ovozi tojik” gazetasi muxbiri Saodat Beknazarova.
“Eng faol tele va radio boshlovchi” nominatsiyasi g‘olibi:
“O‘zbekiston tarixi” telekanali bosh muharriri o‘rinbosari Dilfuza Shonazarova.
“2022-yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi g‘olibi:
O‘zJOKU kafedra mudiri Nazira Toshpo‘latova.
“Eng yaxshi fotoreportaj uchun” nominatsiyasi g‘olibi:
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha fotomuxbiri Maqsad Habibullayev.
Xalqaro hamkorlar ta’sis etgan nominatsiyalar g‘oliblari:
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’sis etgan “Inson huquqlari himoyasiga qaratilgan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi g‘olibi, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining Samarqand viloyat bo‘limi raisi Mirza Subhanov.
Yevropa Ittifoqi tomonidan ta’sis etilgan “Agrar oziq-ovqat sektoridagi islohotlarning ta’siri haqida aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi g‘olibi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Nasiba Ziyodullayeva.
“Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi g‘oliblari:
Xitoyning “Jenmin xuabao” nashriyoti muharriri Syan Xaoyang;
Tojikistonning “Jumhuriyat” gazetasi muxbiri Mirasror Ahrorov;
Eronning Farsnews axborot agentligi muxbiri Sherali Avezmetov;
Reuters axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri (Buyuk Britaniya) Muhammadsharif Mamatqulov;
Misrning “Al-Diplumasiy” va Eurasia Dairy gazetalari siyosiy muxbiri Ahmad Tarabek.
Taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
Shohruhbek IBROHIMOV,
O‘zDJTU Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi.