Olimpiada
Olimpiada natijalarni baholash
1️⃣ Olimpiada barcha fanlardan test sinovlari shaklida tashkil qilinadi.
2️⃣ Test sinovlarida har bir fandan 30 ta test savollari takdim kilinadi.
3️⃣ Birinchi gurux fanlari topshiriklarini bajarish uchun 90 daqiqa, ikkinchi guruh fanlari topshiriklarini bajarish uchun 60 daqiqa vakt ajratiladi.
4️⃣ Birinchi guruh fanlaridagi test topshiriklarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, V, S, D javob variantlaridan tanlanadi) test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 0,9 ball bilan baholanadi; keyingi 10 tasi oʻrta qiyinlik
darajasidagi yopiq (A, V, S, D javob variantlaridan tanlanadi) test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 1,5 ball bilan baholanadi; qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (100,9+ 101,5+102,6=50).
5️⃣ Ikkinchi guruh fanlaridagi test topshiriklarining barchasi A, V, S, D javob variantlaridan tanlanadigan test topshiriqlaridan iborat boʻlib, bunda dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 0,9 ball bilan baholanadi; keyingi 10 tasi oʻrta qiyinlik darajasidagi test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 1,5 ball bilan baholanadi hamda qolgan 10 tasi qiyin darajadagi test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (100,9+101,5+102,6=50).
6️⃣ Test natijalariga koʻra, xar bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar gʻolib (1-, 2-, 3-oʻrinlar) aniklanadi va hakamlar hayʼati qarori asosida tashkiliy qoʻmita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
7️⃣ Test natijalariga koʻra, gʻolib oʻrinlar uchun bir nechta
ishtirokchilarning ballari teng boʻlgan taqdirda, berilgan test
topshiriqlarining yuqori ball beriladigan qismi boʻyicha koʻp ball toʻplagan oʻkuvchi ustunlikka ega boʻladi (yaʼni, uchinchi 10 likdan (21-30 savollar) yuqori ball toʻplagan nomzod ustunlikka ega boʻladi. Agar u ham teng
boʻlsa, ikkinchi oʻnlik 11-20 savollar) taxlil qilinadi).
8️⃣ Xap bir qism boʻyicha ham ballar teng boʻlgan takdirda oʻquvchilarga xakamlar xayʼati tomonidan koʻshimcha 3 ta ochiq test (javobi yoziladigan) beriladi va gʻolib aniqlanadi.
9️⃣ Barcha fanlardan test topshiriqlari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan
tuziladi va maxfiyligi taʼminlangan holda joylarga yetkaziladi.