RESPUBLIKAMIZ FUQAROLARI HUQUQLARI XORIJDA HAM HIMOYA QILINADI
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari nafaqat o‘z hududida, balki uning tashqarisida ham davlat tomonidan himoya qilinadi va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining yangi loyihasi 23-moddasida ushbu norma belgilangan.
Xo‘sh, bu nima degani?
Hech kimga sir emas, fuqarolarimiz xorijiy davlatlarga, xususan, Qozog‘iston va Rossiya Fedaratsiyasiga borib ishlaydi. Ba’zan o‘zga yurtda kimdir pasportini yo‘qotishi yoki almashtirish muddatini o‘tkazib yuborishi mumkin. Tabiiyki, pasportsiz o‘zga yurtda yashay olmaydi. Bunday vaziyatda fuqaro o‘sha yerdagi elchixonaga murojaat qiladi. Avvallari elchixona fuqaroga shaxsni tasdiqlovchi vaqtinchalik hujjat berardi. Fuqaro shu hujjat bilan O‘zbekistonga qaytib, yangi pasport olib ketardi. Bunda ancha vaqt va mablag‘ sariflanardi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi konsullik muassasasi fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirishga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatyapti. Bu tartib Respublika Prezidentining 2022-yil 17-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish taribini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentliginining Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda vakolarxonalari mavjud bo‘lib, ular o‘sha yurtda mehnat huquqlari buzilgan fuqarolarga yordam beradi. Masalan, Rossiyada yaqingacha 6 ta vakolatxona bo‘lsa, 2022-yilda ehtiyojdan kelib chiqib yana 11 ta vakolatxona ochildi. Vakolatxonalar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi buzilgan, ish haqini ololmayotgan yoki boshqa mehnat huquqlariga oid muommolarga duch kelgan fuqarolarga huquqiy, moddiy ijtimoiy yordam beradi. Masalan, Tashqi mehnat migratsiya agentligi Samarqand viloyat hududiy filiali ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilning boshidan buyon xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini oshirayotgan samarqandlik 534 nafar mehnat muhojirlariga huquqiy, moddiy, ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, xorijda pulsiz, og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarga ko‘mak berilib, davlat hisobidan ular o‘z uylariga qaytarilmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan ushbu o‘zgarishlar ham amalda o‘z ifodasini topmoqda. Shuningdek, davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarini saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida huquq normalariga muvofiq g‘amxo‘rlik qilish yangi qonun loyihasining 23-moddasida belgilanmoqda. Bundan tashqari, hukumatimiz tomonidan xorijga o‘qishga ketgan talaba-yoshlarga ham e’tibor ko‘rsatilmoqda. Masalan, Rossiya va Ukraina davaltlari o‘rtasida kelib chiqqan urush tufayli 2022-yilning 26 -prelda Ukrainada ta’lim olayotgan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishini O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga ruxsat berildi. Shuningdek, o‘tgan yilning 1-noyabirida Rossiya davlatining Ukraina bilan chegaradosh hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan ham O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishi vatanga ko‘chirildi. Bu kabi misollar O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolarining haq-huquqlarini qayerda bo‘lsa ham davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlayotganiga misoldir.
Asilbek ISLOMOV,
O‘zDJTU talabasi