REYTING VA TAHLIL
REYTING VA TAHLIL
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida umumta’lim maktablari reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi tuzish, hokimlar hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini maktablar reytingi orqali baholash bo‘yicha topshirig‘iga asosan o‘tgan yildan boshlab, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan barcha maktablar reytingi aniqlanib, e’lon qilib kelinmoqda.
Tadbirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari 2021-yil yakunlari bo‘yicha maktablar reytingini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari haqida atroflicha ma’lumot berishdi.
Ta’lim inspeksiyasi tomonidan o‘tgan bir yil davomida maktablar reytingini aniqlash bo‘yicha ikkita tadqiqot amalga oshirilgan:
Xususan, barcha maktablar reytingini aniqlash uchunrespublikamizning 14 ta hududidagi 207 ta tuman (shahar)larda joylashgan 9954 ( o‘tgan yilda 9 622ta ) maktab faoliyati tahlil qilindi .
Tahlil natijalari asosida 2021-yil yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek tuman (shahar) kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi hamda tuman va shaharlarning ta’lim sifati bo‘yicha reytingi tayyorlandi.
Bunda xalqaro tajriba ( Finlyandiya, AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya ) hamda mahalliy ustuvor masalalarga alohida e’tibor berilib, 4 ta yo‘nalishda 8 ta indikator belgilandi.
— o‘quvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasi ( bilim darajasi, oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi, xorijiy tilni bilish darajasi va bandlik );
— pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati ( oliy va birinchi toifaga ega pedagoglar ulushi );
— maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit
( 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar va o‘quvchilar orasida jinoyatchilik );
— mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uchun qo‘shgan hissasi ( mahalliy budjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan maktab rivoji uchun sarflangan mablag‘lar ).
HUDUDlar reytingida:
Eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari egallagan bo‘lsa, eng oxirgi o‘rinlarni Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari band etishdi.
TUMAN va ShAHARlar reytingida:
Yuqori o‘ntalikdan Navoiy, Buxoro shaharlari, Jondortumani, Kogon shahri, Zarafshon, Xiva shaharlari, Kogon, Uchquduq tumanlari, Urganch, G‘ozg‘on shaharlari joy oldi.
So‘nggi o‘rinlarda esa Bo‘ka, Taxiatosh, Toshkent, Tuproqqal’a, Zafarobod tumanlari,Nurafshon shahri, hamda Uchtepa, Qibray, Qamashi, Yuqori Chirchiq tumanlari ekanligi ma’lum bo‘ldi .
Ixtisoslashtirilgan maktablar bo‘yicha yuqori o‘ntalikdan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-IDUM, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-IMI, Buxoro viloyati Jondor tumani 49-IDUM, Xorazm viloyati Shovot tumani XFMMI, Buxoro viloyati Kogon tumani 1-IDUM, Xorazm viloyati Xiva shahri 56-IMI, Jizzax viloyati Jizzax shahri “Umid IDUM” , Namangan Mingbuloq tumani 13-IDUM, Namangan viloyati Chortoq tumani 20-IDUM, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 12-AFChO‘IMIlar o‘rin olishdi.
So‘nggi o‘rinlarda esa Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 16-IDUM, Namangan viloyati Namangan shahridagi 40-IDUM, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 69-IDUM, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 180-IDUM, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 12-IDUM, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi 39-IDUM, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 56-IDUM, Xorazm viloyati Xiva shahridagi
97-MMI, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 47-IDUM, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 27-IDUM maktablar ekanligi aniqlandi.
Umumiy o‘rta maktablar reytingida yuqori TOP-10 likdan Navoiy viloyati Navoiy shahri 13-maktab , Buxoro viloyati Buxoro shahri 38-maktab, Buxoro viloyati Buxoro tumani 49-maktab, Buxoro viloyati Jondor tumani 3-maktab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani 21-maktab, Navoiy viloyati Navoiy shahri 9-maktab, Buxoro viloyati Buxoro shahri 28-maktab, Buxoro viloyati Buxoro tumani 14-maktab, Buxoro viloyati Jondor tumani 41-, 38-maktablaro‘rin oldi.
So‘nggi o‘rinlarda esa Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 34-maktab, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 209-maktab, Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 295-, 62-maktablar, Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi 16-maktab, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 54-maktab, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 99-98- va 100-maktablar hamda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 178-maktab ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mahalliy budjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan maktab ta’limini rivojlantirish uchun qilingan xarajatlar bo‘yicha:
2021 yilda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan 100 foiz maktablar bo‘yicha bir nafar o‘quvchiga o‘rtacha 31 ming 390 so‘m xarajat ajratilgan.
Bu borada hududlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi (161 350 so‘m), Navoiyviloyati (118 650 so‘m), va Buxoro viloyati (69 920 so‘m) eng faol ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Quyi o‘rinlarda esa Farg‘ona (5 600 so‘m), Qashqadaryo (11 460 so‘m) va Samarqand (11 510 so‘m) viloyatlari qayd etildi.
Tuman(shahar)lar bo‘yicha Qonliko‘l (628 227 so‘m), Qorao‘zak (447 412 so‘m), Taxtako‘pir(424 773 so‘m), Kegeyli (380 162 so‘m) va Nurota (373 296 so‘m) tumanlari eng ko‘p mablag‘ ajratgan.
16 ta tuman (shahar)larda hokimliklartomonidan maktab ta’limini rivojlantirish uchun mahalliy budjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratilmagan.
Bular: Arnasoy, Zarbdor, Mirzacho‘l, Yangiobod, Nishon, Norin, Qorovulbozor, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod, Oltinsoy, Uzun, Jalaquduq tumanlari hamda Qarshi, Angren, Chirchiq, Kattaqo‘rg‘on shaharlari.
O‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona (491ta), Toshkent shahri (165 ta) va Toshkent (142 ta) viloyatlarida qayd etilgan.
Reyting natijalari asosida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
Reytingda past natija ko‘rsatgan maktablar va hududlar uchun maxsus uslubiy yordam ko‘rsatish, ularda ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqish va har chorakda monitoringi olib borish;
Reytingda yuqori natija ko‘rsatgan maktablar tajribasini ommalashtirish;
Reyting natijalaridan kelib chiqib, direktorlar va ularning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, hokimlar va ularning ta’lim bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga baho berish;
Rahbar xodimlar, pedagog va o‘qituvchilarning faoliyati samaradorligini hisobga olib, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirish.
Prezidentimiz farmoniga ko‘ra tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi o‘rinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik rag‘batlantiriladi.
Xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va metodistlariga, umumta’lim muassasalari direktorlariga hamda tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalarining 2 nafar o‘qituvchiga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yo‘llanmalar beriladi.
Reyting natijalarini tahlil qilish asosida sog‘lom raqobat muhitni shakllantirish, muassasalarda ta’lim sifatini ko‘tarish, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish, umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati