Saylovga puxta tayyorgarlik
Saylovga puxta tayyorgarlik
Saylovlar demokratik huqukiy davlatning ajralmas atributi sifatida halq irodasini erkin ifoda etish, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining muxim vositasidir. Bugungi kunda, Yunusobod tuman 3-mavze493-saylov uchastkasida, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni qizg‘in pallaga kirdi. Bu yerda barcha tayyorgarlik ishlarini saylov uchastka komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va saylov uchastka komissiya a’zolari, saylov qonunchiligini chuqur tushunadigan va jamoatchilik tajribasiga ega bo‘lgan (jami 11 kishi) faollardan tashkil topgan.– Saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni saylovchilarga keng tushuntirish, fuqarolarning bo‘lajak saylovga mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea sifatida tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda-deydi saylov uchastka komissiya raisi Zulfiqor Xolmirzayev. 493-saylov uchastkamiztumanning “Akbarobod” MFY ga qarashli 13-bolalar musiqa va san’at maktabi hududida joylashgan. Ushbu muhim siyosiy tadbirni demokratik tamoyillar asosida oshqora, shaffof o‘tkazish, saylovchilarning o‘z xohishi-irodasini erkin ifoda etishi uchun saylov uchastkasi belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq jixozlanmoqda. Komissiya a’zolarining samarali faoliyat yuritishlari uchun ularga saylov ishchi (rabochiy kabinet) va ovoz berish xonalari ajratilgan hamda zarur jixozlar,davlat ramzlari, aloqa va asbob-uskunalar, yashirin ovoz berish kabinalari, saylov qutilari, qonun xujjatlari va boshqa huquqiy adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan, shuningdek qarorlar, bayonnomalar va boshqa tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan. Jismoniy imkoniyati cheklangan 47 ta fuqarolar ovoz berishi uchun qulay shart-sharoit yaratilib,ular turar joyida ovoz berish uchun chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Binoning old tomoniga saylov uchastkasi nomi va saylov sanasi, shuningdek saylovga necha kun qolgani haqida yozilgan bannerlar osilgan. Saylovoldi bosqichma-bosqich o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tuzilgan, vazifalar belgilangan va komissiya a’zolarining navbatchilik jadvali tasdiqlangan. Saylovni ochiqlik va oshkoralik bilan o‘tkazish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Ro‘yxatga olingan nomzodlar va ularning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, kuzatuvchilar, taklif etilgan mutaxassislar uchun zarur bo‘lgan hamma narsa mavjud. Targ‘ibot ishlari doirasida saylov komissiyasi a’zolari tomonidan bo‘lajak saylovning moxiyati va axamiyati to‘g‘risida fuqarolarning saylovchilar pozitsiyasini mustaxkamlash, ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini kengaytirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Saylov konunchiligiga oid ma’lumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot vositalari, qulay joyga osib qo‘yilishiga e’tibor qaratilgan. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, saylovchilar ro‘yxati tuzildi, unga mahallahududida istiqomat qiluvchi 2300 nafar saylovchi kiritilgan. Ulardan voyaga yetgan 66 nafar yigit-qiz birinchi marotaba ovoz berishga muvaffaq bo‘lib, o‘z fuqarolik pozitsiyasini ko‘rsatish va vatan kelajagi uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Saylovga bir oz vaqt qolgan bo‘lsada, saylov komissiyasi a’zolari hali ko‘p tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishlari zarur. Ushbu muxim tadbirda barchamizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz. (Rasm ertaga bo‘ladi).
Zayniddin O‘RINBOYEV,
493-saylov uchastkasi,
komissiya a’zosi