Sayloviga tayyorgarlik
Sayloviga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Ertaga mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bugun Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida sayloviga tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari, xalqaro kuzatuvchilar, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda xorijiya va mahalliy OAV vakillari qatnashdi.
Brifingda so‘zga chiqqan Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxoʻjayev Prezident sayloviga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot berdi. U Markaziy saylov komissiyasi faoliyati, saylov komissiyasi a’zollarining malakasini oshirish borasida qilingan ishlar, saylovga ajratilgan mablag’larning nimalarga sarflangani, ushbu muhim siyosiy tadbirda xorijiy kuzatuvchilarning ishtiroki, partiyalarga yaratib berilgan imkoniyatlar, aholining saylov jarayonidan xabardorligini oshirish maqsadida olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari, saylovning ochiq, oshkora oʻtishini taʼminlash yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar va yana qator masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Brifingda ta’kidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovga tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 14 ta saylov okruglari, 10 ming 761 ta saylov uchastkalari tuzilgan. Undan tashqari mamlakatimizning 37 ta xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari huzurida 54 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida jami 421ming 618 nafar saylovchi mudatidan oldin ovoz bergan.
Yakunda jurnalistlar Markaziy saylov komissiyasi mas’ullaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
H.Quvondiqov