“YANGIOBOD”DA OVOZ BERISH YAKUNLANDI
Rasmiy
30 / 04 / 2023
Respublikamizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan umumxalq referendumi Nurafshon shahrida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. 48-maktab o‘qituvchilari tashkiliy ishga bosh-qosh bo‘lishdi.
,,Yangiobod" MFYga qarashli 13-uchastkasi Prezident maktabidan joylashgan bo‘lib mahallada 2 mingdan ortiq fuqarolar konstitusiyaviy huquqidan foydalangan holda mazkur jarayonda ovoz berishdi. Ularning 100 nafarga yaqini ilk bor ovoz beruvchi yoshlardir.