oliy toifa
Mutaxassis toifasidagi pedagoglar 1,5 yilda oliy toifaga erishishlari mumkin
❓2021 yilda oliy taʼlim muassasini bitirdim. 4-kursimda boshlab maktabda to‘liq stavkada dars berib kelyapman. Yangi qaror bo‘yicha men ham attestatsiyadan o‘ta olamanmi? Bizga kelgan grafikda mutaxassislar uchun navbatdan tashqari degan tsshsncha yo‘q, degan izoh berilibdi. Mutaxassis toifasidagi pedagoglar navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olishmaydimi?
✅ Nizomning 4-bandida ( https://lex.uz/pdfs/5641270)): "......Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi"
Nizomning 6-bandida ( https://lex.uz/pdfs/5641270)): " ...pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;
navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi";
Nizomning 7-bandida ( https://lex.uz/pdfs/5641270)): "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin"ligi belgilab qo‘yilgan.
Siz mutaxassis malaka toifasi bilan uch yil davomida faoliyat olib borishingiz mumkin.