Turkmaniston Prezidenti mamlakatidagi barcha 1-sinf o‘quvchilariga kompyuter sovg‘a qilmoqda
Umumiy o‘rta ta’lim
25 / 12 / 2020
Turkmanistonning Axal viloyatida birinchi sinfga chiqqan o‘quvchilarga mamlakat Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nomidan kompyuter sovg‘a qilindi. Bu haqda “Turkmaniston” gazetasi tayanib, Qalampir.uz sayti xabar berdi.
Bu yil viloyatda 23 137 nafar 6 yoshdagi bola birinchi sinfga borgan. Mamlakat parlamenti deputatlari va jamoatchilik tashkilotlari vakillari bolalarga omad tilagan.
Avvalroq, poytaxt Ashxoboddagi birinchi sinf o‘quvchilari Turkmaniston Prezidentidan sovg‘an olgan.
Yangi yil kirguncha butun mamlakatdagi birinchi sinf o‘quvchilari Prezidentdan shunday sovg‘a olishi kutilyapti.
Kompyuterlar “Agzybirlik tilsimaty” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan.