Attestatsiya natijalarini baholash mezoni
Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida “Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va natijalarini baholash mezonlari tartibi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Toshkent viloyati hududiy bo‘limi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida tashkil etildi. Yig‘ilishda qatnashganlar maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish natijalarini baholash mezonlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, pedagog kadrlarning attestatsiya natijalarini baholash mezonlari, mehnat samaradorligi, dars o‘tish mahorati va malaka sinovlari haqida ham zarur ma’lumotlar berildi.
Bahs-munozaralarga boy o‘tgan tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Burhon YALGASHEV, Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi rahbari tc " Chirchiq
davlat pedagogika instituti
huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hududiy markazi rahbari"