Xivada Prezident maktabi va Ogahiy nomidagi maktab-internatini qurish ishlari boshlandi
2019-yil 8-mart kuni Xorazm viloyatining Xiva shahrida Prezident maktabini qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Tantanada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murotov, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ibrohim Jo‘rayev, Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov va boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok qildi. Bu haqda Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ma’lul qildi/
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov tomonidan Prezident maktabini Xiva shahar “Mevaston” mahallasi, Amir Temur ko‘chasi, yangi Lokomotiv istirohat bog‘i yonidagi yer maydonida qurish taklifi berildi.
Prezident maktabining poydevoriga tamal toshini A.Ramatov hamda F.Ermanovlar qo‘yib, qurilish ishlarini boshlab berdilar.
Shuningdek, Xorazm viloyati hokimligining tashabbusiga ko‘ra 2019-yilda tavalludining 290 yilligi nishonlanadigan shoir, tarjimon, tarixchi va davlat arbobi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyoti, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati ochilishi rejalashtirilgan edi. Shu munosabat bilan Ogahiyning uy-muzeyi yonidagi ochiq maydonda ushbu maktab-internati uchun yer ajratildi.
Har ikkala yangi qurilish yuzasidan Xiva shahar hokimining qarori qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari I.Jo‘rayev tomonidan 2019-yilda Investitsiya dasturiga tushgan umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi va tegishli tavsiyalar berildi.