“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2019” tanloviga 16 mingdan ziyod o‘qituvchilar ro‘yxatdan o‘tdi
Xalq ta’limi vazirligi joriy yilning 19-mart kuni “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2019” respublika tanloviga start bergan edi. Hozirgi vaqtga kelib tanlovda ishtirok etish uchun 16,2 mingdan ziyod o‘qituvchilar ro‘yxatdan o‘tdi.
Xalq ta’limi vazirligi “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2019” respublika tanlovi statistika ma’lumotlarini keng ommaga taqdim etish maqsadida maxsus sahifani ishga tushirdi.
Mazkur sahifada (http://bit.ly/teacher-of-year-stat) tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan o‘qituvchilar soni haqidagi ma’lumot hudud va tumanlar kesimida taqdim etiladi. Sahifa har besh daqiqada avtomatik tarzda yangilanadi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etishni xohlovchi o‘qituvchilar http://bit.ly/teacher-of-year havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.