Mo‘ynoq, Zomin, Muborak, Nurobod, Urgut tumanlari o‘qituvchilari “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etadimi?
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2019” respublika tanlovi haqidagi e’lon berilganiga start berilganiga 10 kun bo‘ldi. Vazirlik tanlov statistikasi ma’lumotlarini keng ommaga taqdim etish maqsadida maxsus sahifani ham ishga tushirdi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, (27-mart soat 15:45 daqiqa) 17403 nafar o‘qituvchi mazkur tanlovda ishtirok etish uchun ariza to‘ldirgan.
Eng ko‘p murojaat Farg‘ona viloyatidan 3252 nafar. Ikkinchi o‘rinda Namangan viloyati (2369) qayd etilgan. Uchlikni Toshkent shahri (1980) to‘ldirgan.
Keyingi o‘rinlar esa quyidagicha
4. Toshkent viloyati (1970),
5. Navoiy viloyati (1753),
6. Surxondaryo viloyati (1553),
7. Qashqadaryo viloyati (1009),
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (832),
9. Buxoro viloyati (671),
10. Xorazm viloyati (646),
11. Sirdaryo viloyati (425),
12. Jizzax viloyati (353),
13. Andijon viloyati (311),
14. Samarqand viloyati (279).
Bu qabul 5-aprelgacha davom etadigan tanlovning bugungi kundagi holati. Eng qizig‘i, shu vaqtga qadar ayrim tumanlardan birorta o‘qituvchi tanlovda ishtirok etish istagini bildirmagan. Bular Mo‘ynoq, Zomin, Muborak, Nurobod, Urgut tumanlari va Xonabod, Shirin, Yangiyo‘l shaharlaridir.
Hurmatli o‘qituvchilar shoshiling! Siz ham mazkur tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi (http://bit.ly/teacher-of-year) havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Sherali NAMOZOV