Ko‘rgazmali qurollarni qayerdan olamiz?
— O‘qituvchi darsda zarur bo‘ladigan ko‘rgazmali qurollar, plakatlar, multimedia disklarini olish uchun qayerga murojaat qilishi lozim?
Dilbar NORMURODOVA Termiz shahri
— Fan o‘qituvchilari mashg‘ulotlarda foydalanishi uchun ko‘rgazmali qurollar, plakatlar va boshqa yordamchi vositalar, tegishli fan uchun mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar berilgan buyurtmalar asosida Respublika “Ta’lim ta’minot” DUKning Toshkent shahar va viloyatlar filiallari orqali yetkazib beriladi.
Shuningdek, ta’lim portalidan (www.eduportal.uz), Respublika ta’lim markazi saytidan (www.rtm.uz), Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi AKTni rivojlantirish markazi saytidan (www.multimedia.uz) olib foydalanish mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchilar tomonidan dars mavzularidan kelib chiqib, ijodiy yondashgan holda ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash tavsiya etiladi.
Savolga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati yordamida vazirlik mutaxassislaridan zavob olindi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati ruxsatisiz sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.