Xalq ta’limi vazirligi Rossiya Maorif vazirligi bilan “Lider” ko‘rik-tanlovini o‘tkazmoqda
Aziz o‘quvchilar, hurmatli ota-onalar, hamkasblar!
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Rossiya Federatsiyasining Maorif vazirligi bilan hamkorlikda “Sog‘lom ovqatlanish – faol turmush tarzi” Aksiyasining “Birgalikda amalga oshiramiz” loyihasi doirasida xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Lider” ko‘rik-tanlovi boshlanganini haqida ma’lum qiladi, deb xabar berdi ko‘rik-tanlov tashkiliy qo‘mitasi.
Ko‘rik-tanlov 2019-yilning 1-mayidan 20-mayigacha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Tanlov yakunlariga ko‘ra 30 nafar g‘oliblar “Artek” Xalqaro bolalar markaziga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar!
Batafsil ma’lumotni http://www.doit-together.uz sayti orqali hamda umumta’lim maktablari rahbariyatidan olishingiz mumkin.
Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish bepul.
Tanlov rus tilida olib boriladi.