Ta’tildagi xodimga intizomiy chora ko‘riladimi?
Savol: Yillik mehnat ta’tili davrida xodimga intizomiy chora ko‘rish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lmasa, uni bekor qilish tartibi qanday?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasiga ko‘ra, intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi.
Demak, xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilish uchun xodim ishda bo‘lishi lozim. Agar xodim ta’tilda bo‘lgan taqdirda, uni ta’tildan chaqirishga Mehnat kodeksining 147-moddasiga ko‘ra, faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Har qanday buyruqqa o‘zgartirish kiritish yoki uni bekor qilish ham yangi, ya’ni, qayta buyruq tayyorlash asosida amalga oshiriladi.
Savolga O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi bosh yuriskonsulti Dilbar MUHAMMEDOVA javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.