O‘quvchi o‘qituvchini tanlash huquqiga ega(mi?)
Savol: Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchi o‘qituvchini tanlash huquqiga egami?
Aziza SATTOROVA, defektolog
Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-iyunda 2691-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomning 34-bandiga ko‘ra, uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchining ota-onasi farzandiga ta’lim berayotgan o‘qituvchi faoliyatidan qoniqmagan taqdirda, uni boshqa o‘qituvchi bilan almashtirish to‘g‘risida maktab rahbariyatiga murojaat etish huquqiga ega.
Savolga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati yordamida vazirlik mutaxassislaridan javob olindi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.