Maktab kutubxonasiga tuhfa
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bo‘yicha poytaxtimizdagi 83-maktabda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi, deya xabar berdi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati.
Tadbir davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Qodirov hamda Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov boshchiligida 5 tashabbusning mazmun-mohiyati, uni hayotga tatbiq etish, yoshlarni ma’naviy barkamol va kitobxon qilib tarbiyalash, ularni ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli islohotlar to‘g‘risida hamda yoshlar qalbida fidoyilik, yurt ravnaqiga daxldorlik hissini uyg‘otish, yoshlar ma’naviyati va ma’rifatini oshirish xususida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘quvchilarning sport, musiqa, san’at yo‘nalishida erishgan yutuqlari hamda qo‘l mehnati bilan tayyorlagan san’at asarlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Alisher Qodirov maktab jamoasi bilan kechgan taassurotlarga boy uchrashuvda maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy adabiyot taqdim etdi.