Endi belgilangan maktablarga qabul asosiy – bepul va qo‘shimcha – pulli kvotaga ajratiladi
“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bolalarni davlat maktablariga qabul qilish va oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibidagi yangiliklarga bag‘ishlangan brifingtashkil etildi va OAV xodimlari tizimga oid eng so‘nggi tartiblar, o‘zgarishlardan xabardor qilindi.
Yangiliklar bisyor
Ta’kidlanishicha, 2019/2020 o‘quv yili uchun bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga 1-sinfga qabul qilish 2019-yil 15-iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, reglament talablari quyidagi umumta’lim muassasalariga nisbatan qo‘llaniladi:
— boshlang‘ich maktab;
— umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
— ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bundan mustasno).
Joriy yil Toshkent shahrida 46806 nafar bola birinchi sinfga qabul qilishi rejalashtirilgan – deydi Toshkent shaxar Xalk ta’limi bosh boshkarmasi bulim boshligi Baxrom Bakiyev. Poytaxtda 287 ta umumiy o‘rta ta’lim maktab faoliyat yuritadi, bundan tashqari maktab va yordamchi internatlarni ham qo‘shsak ular soni 303 taga yetadi. Tegishli qarorga muvofiq 81 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi eksprement sifatida tanlab olingan. Shahar markazida joylashganligi, ota-onalarning talabi yuqorilari, Toshkent viloyatiga yaqinroq hududdagi maktablarni ham tanlab oldik. Maktablarga qabul mikrohududlar (tuman hokimliklari) orqali amalga oshiriladi. Ya’ni mikrohududdagi bolalar soni hisobga olinadi.
Tanlab olingan maktablarga qabul asosiy va qo‘shimcha kvota asosida tashkil etiladi
Maktablarga qabul kvotasi asosiy va qo‘shimcha kvota asosiy va qo‘shimcha kvota turlariga ajratiladi.
Asosiy kvota — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini (keyingi o‘rinlarda asosiy kvota deb ataladi) inobatga olgan holda shakllantiriladi;
Qo‘shimcha kvota — umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1-sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan), shuningdek, umumta’lim muassasalarida ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun ajratiladi.
Buyurtma umumta’lim maktablarining o‘z imkoniyatidan kelib chiqib beriladi.
Bolalarni umumta’lim muassasalariga asosiy kvota bo‘yicha qabul har yili 15-iyundan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha tegishli yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi.
Bolalarni umumta’lim muassasalariga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul har yili 15-iyundan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha kvota uchun ota-ona pul to‘laydi
Toshkent shaxar Xalq ta’limi bosh boshkarmasi bulim boshligi Baxrom Bakiyevning aytishicha, belgilangan tartibga muvofiq ko‘shimcha kvotta uchun eng kam ish haqining 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik to‘lov puli to‘lanadi ya’ni ota-ona farzandini o‘z mikrohududingizdagi emas boshqa yerda joylashgan maktabda o‘qishini istasa ana shu miqdordagi pulni to‘laydi. Qo‘shimcha kvotlarni olish kuzatuv kengashlari tomonidan muhokamaga kiritiladi. Har bir sinfda bolalar soni 35 nafardan oshmasligi lozim.
Nima sabbadan ko‘shimcha kvotta uchun eng kam ish haqining 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik to‘lov puli to‘lanish tartibi belgilandi? Bu summani belgilashda aholi fikri qay darajada o‘rganildi? Qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildimi, ota-onalardan e’tiroz bo‘lmadimi kabi savollarga B.Bakiyev quyidagicha javob berdi:
— Yozilmagan qonun-qoidalar ko‘p, buni bilasizlar. Eksprement sifatida tanlab oligan poytaxtimizdagi 81 ta maktabning joylashgan joyi, belgilangan talabdan kelib chiqib va turli xil qing‘ir ishlarni, korrupsiyani oldini olish maqsadida qarorda 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik to‘lov puli bulgilandi. Ochig‘ini aytish kerak avvalllari korrupsiya holatlari ham uchragan. To‘lov summasini belgilashda aholining imkoniyatlari, jamoatchilik fikrini o‘rganganmiz, tegishli tashkilotlar bilan kelishganmiz, rivojlangan davlatlar tajribasini ham ko‘rganmiz. O‘zimizdan o‘zimiz belgilamadik, bundan tashqari kuzatuv kengashlarini o‘rganishini ham belgilab qo‘ydik. Qaror loyihasi muhokamga ham qo‘yilgandi. Eng yaxshi maktab uyingiz yonida joylashgani. Hamma o‘zining mikrohududida joylashgan maktabga farzandini o‘qishga bersin, hech qanday pul olinmaydi, mutlaqo tekin.
Maktablarga qavul jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn tarzda ota-onalar uchun OAV orqali uzatilib, tahlil qilib boriladi, jarayon shaffof tarzda amalga oshiriladi.
Maktabga qabul qilish onlayn platforma orqali amalga oshiriladi
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilingan maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi. Platformada umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududdagi ko‘p qavatli uy va ko‘cha nomlari, maktab yoshidagi bolalar soni, 1-sinfga qabul rejasi, qabul qilingan bolalar soni va bo‘sh o‘rinlarni mavjudligi ko‘rsatiladi.
Ariza beruvchilar davlat maktablariga yo‘llanma bilan murojaat qiladi. Yo‘llanma olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida (yo‘llanma bilan birga) umumta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
— bolaning sog‘ligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
— bolaning 3,5x4,5 sm o‘lchamli 4 dona rangli fotosurati;
— ota-ona pasport nus’hasi;
— bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi.
Inobat Ahatova, O‘zA