Sherzod Shermatov: Maktablarda bo‘sh joy qolsagina qo‘shimcha kvota bilan qabul bo‘ladi
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov feysbukdagi sahifasida maktablarda birinchi sinfga qabulning yangi tizimi joriy etilishi munosabati bilan yana bir post qoldirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda o‘z hududidagi maktablarda joy qolmXalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov feysbukdagi sahifasida maktablarda birinchi sinfga qabulning yangi tizimi joriy etilishi munosabati bilan yana bir post qoldirdi.agani uchun boshqa maktablarda o‘qishga majbur bo‘lgan bolalar soni 28 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda.
«Toshkentdagi 81ta talabgir maktablarning mikrohududida yashaydigan, lekin o‘zining maktabiga kira olmay boshqa maktablarda o‘qishga majbur bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarning soni hozirgi kunda 28 mingdan ortiq ekan!
Ularning ushbu maktablarga kiraolmagani sababi shu vaqtgacha bu maktablarga asosan boshqa mikrohududlardan tanish-bilish orqali bolalar qabul qilinib, ularga joy yetmay qolganidir...
Yangi tizim aynan shunday bolalarga qulaylik yaratadi, o‘zining mikrohududidagi maktabga tanish-bilishsiz, bepul kira oladi (avval buning imkoni yo‘q edi!). Biror bola mikrohududdan qamrab olinmasdan qolishi mumkin emas.
Avval shu maktablar mikrohududi to‘liq qamrab olinadi, undan keyin agar joy qolsagina qo‘shimcha kvota bo‘yicha olish mumkin bo‘ladi», deya yozgan vazir.