O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilar xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi
2019-yilning 26-29-iyul kunlari Malayziyada nufuzli Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston umumta’lim maktablaridan 13 nafar o‘quvchi ishtirok etdi, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.
Olimpiadaning maqsadi “STEAM” (Science, Technology, Engineering, Arts and Mathematics) yo‘nalishidagi ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlarini nafaqat axborotni eslab qolish va xotirlash, balki ijodkorlik, mustaqil qidirish, tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor bergan holda ilgari surish hisoblanadi.
Ishtirokchilar final bosqichiga rebus va matematik masalalarni yechish yo‘li bilan tanlab olindi. Mazkur bosqichda yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Olimpiada yakunida yosh vatandoshlarimiz 20 ta davlatdan kelgan 1100 dan ortiq o‘quvchilar orasida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 12 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Tadbir tashkilotchilari yurtimiz maktab o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasini, ularning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini hamda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilim darajasini yuqori baholadi. O‘zbekistonda umumta’lim maktablari o‘quvchilarida shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjudligi alohida e’tirof etildi. Mamlakatimiz jamoasining mazkur tadbirda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgani bunga yaqqol misol bo‘la oldi.
Malayziyada o‘tkazilgan olimpiadada g‘olib bo‘lgan hamyurtlarimizni muvaffaqiyatli ishtiroki bilan qutlaymiz!
Matematika bo‘yicha:
Bronza medal:
Marat Mustafin, 3-sinf, NOU Intellect
Madjidbek Umarov, 5-sinf, NOU Vosiq International School
Firdavs Toshtemirov, 9-sinf, 107-maktab
Ramiz Zoxrabov, 6-sinf, NOU Lider Ta’lim
Rauf Zoxrabov, 8-sinf, NOU Lider Ta’lim
Rahmonberdiyev Muhammadamin, 6-sinf, NOU Lider Ta'lim
Zafarbek Ibrohimov, 2-sinf, NOU Sehriyo
Tabiiy fanlar bo‘yicha (VANDA):
Oltin medal:
Marat Mustafin, 3-sinf, NOU Intellect
Bronza medali:
Rauf Zoxrabov, 8-sinf, NOU Lider Ta’lim
Amirxon Xaitov, 6-sinf, NOU Lider Ta’lim
Tabiiy fanlar bo‘yicha guruh:
Oltin medallar:
Timur Fayzillayev, 6-sinf, 13, Zarafshon shahri
Firdavs Toshtemirov, 9-sinf, 107-maktab
Abdulla G‘ayratullayev, 8-sinf, NOU Sehriyo
Ramiz Zoxrabov, 6-sinf, NOU Lider Ta’lim
Kumush medallar:
Muhammadamin Rahmonberdiyev, 6-sinf, NOU Lider Ta’lim
Bronza medallari:
Rauf Zohrabov, 8-sinf, NOU Lider Ta’lim
Amirxon Xaitov, 6-sinf, NOU Lider Ta’lim