Qashqadaryoda 179 nafar yosh bitiruvchi va 171 nafar kollej o‘qituvchilari maktablarga ishga joylashdi
Qashqadayo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 7-avgust kuni barcha tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari binosida 2019-2020-o‘quv yili uchun pedagogik kadrlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkaci tashkil etildi.
Oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan yosh kadrlar, kasb-hunar kollejlarida ishlab, hozirda ishsiz bo‘lib qolgan o‘qituvchilarni mutaxassisga ehtiyoj bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga joylashtirildi.
Viloyatning chekka va tog‘li hududlariga ishga borgan o‘qituvchilarga ishlash va yashash uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratib berish mahalla fuqarolar yig‘inlari zimmasiga yuklatildi.
Mehnat yarmarkasi jarayonida 179 nafar yosh bitiruvchi va 171 nafar kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga joylashtirildi.
Tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlarida tashkil etilgan tadbir jarayonlari mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
Sevin OChILOV