SamDU qoshida maktab ochildi
Umumiy o‘rta ta’lim
20 / 08 / 2019
Samarqand davlat universiteti qoshida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi. Mazkur maktabga qabul qilinadigan o‘quvchilarning fizika, mate-
matika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha iqtidori sinovdan o‘tkaziladi, ularga zamon talablariga mos puxta bilim beriladi. 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab maktabning 7-sinfiga fizika-matematika yo‘nalishi bo‘yicha 60 nafar, kimyo-biologiya yo‘nalishi bo‘yicha 60 nafar o‘quvchi tanlov asosida qabul qilina boshlandi.
Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.