Fan oyligi mazmunli o‘tmoqda
Mirobod tumanidagi 65-maktabda filologiya yo‘nalishidagi fanlar oyligi doirasida tashkil etilayotgan ochiq darslar o‘quvchilarga manzur bo‘lmoqda.
Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sohiba Matyoqubova ham Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni qahramonlarining ma’naviy xususiyatlari”, Hamid Olimjoning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak dostoni” mavzusidagi ochiq darsida har ikki asarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi haqida ma’lumot berib, o‘quvchilarda asar mutolaasiga qiziqish uyg‘otdi.
Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan maktabda fan oyligi doirasida ko‘plab tadbirlar, davra suhbatlari, kitobxonlik kechalari o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar o‘rtasida ona tiliga hurmat uyg‘otish, ularning yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirish maqsadida insholar tanlovi, turli debatlar, davra suhbatlari uyushtirilyapti. Shuningdek, darslik va badiiy adabiyotlarda uchraydigan imlo xatolari, g‘aliz jumlalar xususida ham do‘stona bahs-munozalar tashkil etilmoqda.
Nilufar RAHIMOVA,
O‘zDJTU talabasi