Ishtixon tumanida “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida ta’mirlangan maktablar foydalanishga topshirildi
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. 784 nafar o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan ushbu ta’lim maskani binosining tantanali ochilish marosimida tuman hokimligi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda ushbu ta’lim muassasasida ikki navbatda 834 nafar o‘quvchiga 61 nafar pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda. “Obod qishloq” davlat dasturi asosida 120 o‘rinli zamonaviy 84-umumiy o‘rta ta’lim maktab binosi ham rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Mazkur maktabda 215 nafar o‘quvchiga 38 nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqda