Tajribali o‘qituvchilar ishi ommalashtiriladi
Koson tumanidagi 12-maktabda “Ta’limni rivojlantirishda xalqaro baholash dasturlarining o‘rni” mavzusida amaliy-uslubiy seminar tashkil etildi.
Unda Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodistlari, XTXQTMOHM professor-o‘qituvchilari, tuman (shahar) XTB metodistlari, tayanch maktablarning trener-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Seminarda viloyat XTXQTMOHM “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.Shodiyeva, XTB boshlang‘ich ta’lim metodisti O‘.Rustamov, Koson tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti B.Halimov va tumandagi 12-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi D.Tosheva taqdimot qildi.
O‘quv-seminar ishtirokchilari 7 nafar o‘qituvchining ochiq darslarini kuzatib, tahlil qildi va ularga metodik yordam berdi.
Muhokama qilingan ma’ruzalar, ishtirokchilarning taklif va mulohazalari asosida maktablarda o‘quv jarayonini takomillashtirishda xalqaro baholash dasturlarining o‘rni, fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish, zamonaviy metod va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar ehtiyojlarini aniqlash va trening, videoseminar, vebinar, mahorat darslari tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Seminar yakunida 3 nafar o‘qituvchining tajribasini viloyatda, Koson tumanidagi 12-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilafro‘z Toshevaning ish tajribasini respublika miqyosida ommalashtirish tavsiya etildi.
Sevin OCHILOV, viloyat XTB bosh metodisti