Farg‘onalik tadbirkor maktab uchun 1 milliard 200 million so‘mlik o‘quv binosi qurib berdi
Umumiy o‘rta ta’lim
10 / 12 / 2019
Tadbirkor Saidmahmud Sultonov o‘z mablag‘lari hisobidan 1 milliard 200 million so‘m ajratib, Buvayda tumanidagi 45-umumta’lim maktab hududiga qo‘shimcha 120 o‘ringa ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv binosi qurib berdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Buvayda tumanida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida S.Sultonovga mamlakatimizda ta’sis etilgan “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Ko‘krak nishoni topshirilish marosimida Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Turdimatov hamda Buvayda tumani hokimi B.Ibragimov ishtirok etdi.