Maktab direktori — xalq ta’limi tizimining lokomotivi bo‘lishi kerak!
Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, avval bunga imkoniyat bo‘lmasdi. Imkonsizlik ta’lim sifati bilan qayg‘uradigan xohishni so‘ndirdi, direktor soatlab yig‘ilishlarga tiqishtirildi. O‘qituvchi zoti har qanday ishga giriftor qilindi.
O‘qituvchining o‘z ustida ishlab, sifatli ta’lim-tarbiya berishini nazorat qiluvchi — bu direktor. Agar direktor o‘z vazifasiga sovuqqon va mas’uliyatsiz bo‘lsa ta’lim tizimidagi eng katta fojia ana shu yerdan boshlanadi. Negaki, mas’uliyatsiz direktor biror marta darsga kirmaydi, o‘qituvchisining darsini tahlil qilmaydi, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, bilim darajasi bilan qiziqmaydi. Bilimli va iqtidorli yoshlarni kashf qilmaydi.
Ushbu fikrlardan bugun umumta’lim maktablarida rahbarlik qilayotgan direktorlarimiz tegishli xulosa chiqarishi, o‘z pedagogik jamoasini ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘z ustida ishlash yo‘lida birlashtirib, o‘zi ham namuna bo‘lmog‘i kerak. Agar shunday qilmasak, barcha sa’y-harakatlarimiz befoyda. Bilimli va tajribali, fidoyi, o‘z-o‘ziga va atrofdagilariga talabchan, ta’lim tizimidagi islohotlar bilan hamqadam direktor — maktabning, xalq ta’limi tizimining rivojida lokomotivdir.
S.USMONOV, Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i