Nafaqadagi pedagog attestatsiyadan o‘tkazilmaydimi?
Nafaqaga chiqqanman, ammo hududimizdagi maktabda matematika o‘qituvchisi yetishmagani sababli ishga qaytdim. Ammo hozir menga mutaxassis toifasiga ko‘ra maosh to‘lanyapti. Attestatsiyada qatnashib, toifamni oshiray, desam, nafaqadagilar attestatsiyadan o‘tkazilmas ekan. Men qanday qilib malaka toifamni o‘zgartirishim mumkin?
Ismat YO‘LDOSHEV, Nurobod tumani
Pedagog attestatsiyadan o‘tish uchun ariza bilan murojaat qilishi hamda 2020-yilda attestatsiyaga jalb etiladigan o‘qituvchilar ro‘yxatiga kiritilishi lozim. Nafaqaga chiqish vaqtida qanday toifaga ega bo‘lgan bo‘lsa, shu toifani tasdiqlash yoki undan yuqori toifaga talabgorlik qilish huquqiga ega.
Javob Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.