Filologik ta’limda innovatsion metodlar
Respublika ta’lim markazi tashabbusi bilan Samarqand davlat universitet, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va o‘qituvchilar malakasini oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda o‘zbek tili o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir “Filologik ta’limda innovatsion metodlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Unda Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori I.Mirzayev til o‘qitishning sharqona, mumtoz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida mujassam qilgan “Tahliliy o‘qish” metodini taqdimot qildi. Anjumanda pedagogika fanlari doktorlari, professorlar Qozoqboy Yo‘ldoshev, Qunduz Husanboyeva, Valijon Qodirov, filologiya fanlari doktorlari, professorlar J.Eltazarov, M.Abdiyev, D.O‘rinboyevalar, shuningdek, 300 nafardan ortiq Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Namangan viloyatlarining tayanch maktablari trenerlari, metodistlari ishtirok etishdi.
Anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Til va adabiyot o‘qitish istiqbollari, dars o‘tishda ko‘proq samaradorlikka erishish yo‘llari innovatsion metodlar muhokama qilindi. Mazkur tadbir aniq maqsadga yo‘nalganliligi bilan o‘zbek tili o‘qitish metodikasi takomilida katta ahamiyatga ega bo‘lgani ishtirokchilar tomonidan ta’kidlandi.