Navoiyda Qorako‘l maktab-internati tashkil etildi
Umumiy o‘rta ta’lim
15 / 01 / 2020
Navoiy shahrida Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab bilan hamkorlikda Navoiy-Qorako‘l maktab-internatiga asos solindi. Ushbu ta’lim dargohining ochilish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Bu haqda XTV axbarot xizmati ma'lum qildi.
Maktabda matematika, fizika va ingliz tili darslari chuqurlashtirilgan holda o‘tiladi.
2019-yilning yoz mavsumida Navoiy-Qorako‘l maktab-internatining 7-10-sinflariga 240 nafar iqtidorli o‘quvchi saralab olindi.
Internat 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, u Navoiy shahridagi sobiq Texnika kasb-hunar kolleji binosida o‘z faoliyatini boshladi. Bino tubdan ta’mirlanib, eng zamonaviy o‘quv va kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi